Karlo Anchelotti seshanba kuni Peresga “Real” PSJdan oʻtib ketishiga vaʼda berdi va uni 75 yoshga toʻlishi bilan tabrikladi.
Karlo Anchelotti “Real Madrid” prezidentiga jamoa PSJ dan oʻtib, Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishiga vaʼda bergan.
8-mart, seshanba kuni Florentino Peres 75 yoshga toʻlgan. Anchelotti uni tabriklar ekan: “Men sizga chorak final yoʻllanmasini sovgʻa qilaman, prezident”, — deb tilak bildirgan.
Oʻyindan soʻng Peres “Real”ning kiyinish xonasiga tushgan va u yerda har bir futbolchini gʻalaba bilan tabrikladi. ABC xabariga koʻra, Madrid prezidenti bundan juda xursand boʻlgan.
Qayd etilishicha, “Real”ning kiyinish xonasida PSJ ustidan qozonilgan gʻalaba juda shiddatli nishonlangan.
“Biz juda koʻp sovrinlarni qoʻlga kiritdik, ammo PSJga qarshi oʻyindan keyingi bayram Chempionlar ligasidagi gʻalabani nishonlashga oʻxshaydi”, — dedi “Real Madrid” kiyinish xonasidagi manba.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!