Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, “H.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. “Navbahor” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola juvvoz uskunasi yordamida yog‘ ishlab chiqargan.
Tadbir davomida 2 dona juvvoz uskunasi, 2 dona elektr dvigatel va boshqa ashyoviy dalillar olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!