Bugun, 23-iyun kuni 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Kolumbiya terma jamoasi Kongo DR ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija O‘zbekiston milliy terma jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldi.
Portugaliyaga qarshi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng o‘zbekistonlik muxlislar diqqatini Kolumbiya – Kongo DR bahsiga qaratgan edi. Kolumbiyaning g‘alabasi guruhdagi vaziyatni yanada qiziqarli qildi va O‘zbekiston uchun umidni saqlab qoldi.
Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi 3-turda Kongo DRni mag‘lub etsa, eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar qatori orqali keyingi bosqichga chiqishi mumkin.
Ayni vaqtda Kolumbiya ikki turdan so‘ng 6 ochko bilan muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Portugaliya ham muhim g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yaqinlashdi.
So‘nggi turda O‘zbekiston terma jamoasi Kongo DRga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 28-iyun kuni AQSHning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da start oladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!