Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “B.O‘.” MCHJ mansabdor shaxslari “Sholdirama” MFY hududidagi obyektida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 500,5 million so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Beshariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda yakka tartibdagi tadbirkor “O.O.” “Bekobod” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, 152,7 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.A. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilishi tugallanmagan noturar bino obyektida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 440,5 million so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) hamda 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz va vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!