2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kamaygan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
O‘tgan yili respublika bo‘yicha jami 6 535 nafar shaxs (2022-yilda 7 414 nafar) korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 2022-yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan.
Javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar shaxsning 1 076 (1482) nafari yoki 16,4 foizi (20 foizi) ozodlikdan mahrum etilgan.
Eng ko‘p sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish - 2 067 (2 145), pora berish - 894 (1 061), firibgarlik - 769 (937), pora olish -121 (155) va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish - 125 (117) hisoblanadi.
2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon - 971 (913), Sirdaryo - 472 (459), Surxondaryo - 332 (302) viloyatlarida oshgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!