Sergeli tumanida fuqaroga ipoteka krediti ajratib berishi evaziga 61 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki filiali yetakchi mutaxassisi M.T. va fuqaro Sh.A. fuqaro F.E.ga yangi qurilayotgan uylardan birini kredit evaziga xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratib berishlarini va’da qilib, oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida fuqaroning 61 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!