$
12586.41 UZS
54.63
160.42 UZS
0.6
14758.82 UZS
220.7
34° Kechasi 22°

Kun tarixi: 14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

14:31 / 14.02.2022

Temuriylar sulolasi vakili, oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi – Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bu yili shoh va shoir tavalludining 539 yilligi nishonlanadi.

– Ingliz olimi Uilyam Erskin Bobur haqida shunday degandi: “Saxovati va mardligi, isteʼdodi, ilm-fan, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʻullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.

– Bobur ota tomondan Amir Temurning beshinchi avlodi edi. Uning otasi Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi Qutlugʻ Nigorxonim esa Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi boʻlgan.

– Bobur otasi Umarshayh Mirzonining baxtsiz hodisa oqibatida vafot etishi tufayli 12 yoshida Fargʻona taxtiga chiqqan. Taxtga chiqqanidan soʻng Samarqandni egallashni oʻzi uchun maqsad qilib qoʻygan. Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi, 1497-yili 7 oylik qamaldan keyin shaharni egallaydi. Bu vaqtda Andijonda qolgan beklar Boburdan yuz oʻgirib, uning ukasi Jahongir Mirzoni Fargʻona taxtiga chiqarishadi. Bobur Andijonni qayta egallaydi, ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzadi va maʼlum hududlarni uning ixtiyoriga beradi.

– Bobur Andijonni qayta egallash bilan band boʻlgan bir vaqtda Samarqandga Shayboniyxon qoʻshini kirib keladi. Shahar unga jangsiz topshiriladi. Bu yerdagi Bobur tarafdorlari unga maktub yozib, Zahiriddinni Samarqandni egallashga undaydilar. Bobur kelib Samarqandni egallaydi, ammo oradan koʻp oʻtmay Shayboniyxon katta qoʻshin bilan shaharni qoʻlga oladi. Bobur esa Samarqandni tark etishga majbur boʻladi. U Samarqand uchun jang qilayotgan bir vaqtda Andijonni Jahongir Mirzo egallaydi. Natijada Bobur Movoraunnahrni tark etadi.

– Bobur avval Qobulga, oradan bir muddat oʻtib Hindistonga hujum qiladi va ularni zabt etadi. Boburiylar sulolasining Hindiston ravnaqiga juda katta hissa qoʻshgani koʻp asrlardan beri eʼtirof etib kelinadi.

– Boburiylar sulolasi 3,5 asr mobaynida zamonaviy Hindiston, Pokiston, Bangladesh va janubi-sharqiy Afgʻoniston hududlarini nazorat qilgan.

– Tarixiy manbalarda Boburning oʻta kuchli va gʻayratli inson boʻlgani qayd etiladi. Maʼlumotlarga koʻra, u saroy ichida ikkita yelkasida ikkita baquvvat erkakni koʻtarib olib mashq qilgan.

– Boburning toʻrt farzandi – Humoyun Mirzo, Gulbadan Begim, Komron Mirzo va Hindol Mirzo Qobulda dunyoga kelgan. Boburning qizi Gulbadan Begim oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan yagona ayol tarixchi boʻlgan.

– “Boburnoma” asari “Turkiy tilda yozilgan eng yaxshi nasriy asar” deya eʼtirof etiladi. “Boburnoma” bugungi kunga qadar 31 ta tilga tarjima qilingan.

– Bobur oʻz davrining taniqli ijodkorlari bilan xat yozishgan. U kunlarning birida Alisher Navoiyga oʻz ijodidan namunalar yuborgan. Keyinchalik Bobur Alisher Navoiyni betakror inson sifatida tilga olib, uni ilm-fan va sanʼat homiysi deb atagan.

– Bobur Afgʻonistonning Qobul shahridagi “Bogʻi Bobur”ga dafn etilgan.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025
Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
17:33 / 25.06.2025
28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:59 / 27.06.2025
Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
18:03 / 24.06.2025
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish h…
12:27 / 25.06.2025
25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
16:30 / 24.06.2025
Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
17:17 / 24.06.2025
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining na…
17:50 / 27.06.2025
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025-yil 22-iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish…
14:30 / 26.06.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!