Bugun butun dunyo rassomlari orasida Xalqaro akvarel kuni nishonlanadi. Aynan mana shu kuni Angliyada dunyodagi birinchi pochta qutisi ixtiro qilingan, tarixdagi ilk elektr ustara uchun patent olingan, afsonaviy kompyuter oʻyini – “World of Warcraft” taqdim etilgan.
Butunjahon akvarel kuni
1991-yili meksikalik rassom Alfredo Guati Roxo akvarel boʻyoqlari yordamida oʻzining navbatdagi suratini chizib, asariga uzoqroqdan nazar soladi va akvarel boʻyoqlari bilan chizilgan suratlar sharafiga bayram oʻylab topish fikriga keladi. Shu tariqa butunjahon akvarel kuni paydo boʻladi. Boshqa rassomlar ham uning fikrini qoʻllab-quvvatlaydilar. Shundan buyon har yilning 23-noyabr kunida akvarel suratlardan iborat koʻrgazmalar uyushtiriladi.
Pochta qutisi ixtiro qilingan kun
1852-yilning 23-noyabr kuni Angliyada tarixdagi birinchi pochta qutisi ixtiro qilingan. Hodisa guvohiga aylangan insonlar uning chiroyli va jigarrang tusda boʻlganini aytishadi. Aslini olganda bunday qutilar ilk marta Florensiyada paydo boʻlgan, ammo ulardan pochta qutisi sifatida emas, yetkazmalar uchun foydalanishgan.
Elektr ustara uchun patent olingan kun
Alyaskada hayot kechirgan ixtirochi Jeykob Shik krem va suvdan foydalangan holatda oddiy ustara bilan soqol olishga qiynalgani tufayli tarixdagi birinchi elektr ustarani ixtiro qilgan. 1923-yilning 23-noyabr kuni ushbu ixtiro uchun patent olingan.
Vensan Kassel dunyoga kelgan kun
Bugun taniqli fransuz aktyori Vensan Kassel 55 yoshni qarshilaydi. Yorqin rollari bilan muxlislar mehrini qozongan ijodkor “Sezar” va “Lyumer” mukofotlarini qoʻlga kiritgan, ish jarayoniga oʻta jiddiy yondashishi bilan tillarga tushgan. U aktyorlikdan tashqari prodyuserlik faoliyati bilan ham shugʻullanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!