$
12009.27 UZS
-51.57
153.75 UZS
-1.25
13688.17 UZS
-66.01
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Butunjahon pnevmoniyaga qarshi kurashish kuni

12:52 / 12.11.2021

Har yilning 12 noyabr sanasi Butunjahon pnevmoniyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Pnevmoniya – organizmga zararli mikroorganizmlarning kirishi oqibatida oʻpkalarning yalligʻlanishi holatidir. Bu nafas yoʻllarining eng ogʻir kasalliklaridan biri sanaladi. Pnevmoniyani davolash yildan yilga qiyinlashib bormoqda, sababi aksariyat mikroblarda zamonaviy antibiotiklarga nisbatan kuchli immunitet hosil boʻlib ulgurgan.

Pnevmoniyadan nafaqat katta yoshli odamlar, balki bolalar va oʻsmirlar ham aziyat chekishadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, pnevmoniya tufayli har yili 5 yoshdan kichik boʻlgan 1 million bola hayotdan koʻz yumadi. Immunitetni mustahkamlash orqali ushbu kasallikning oldini olish mumkin.

Sabablar

Oʻpkalarning yalligʻlanishiga virus, zamburugʻli kasalliklar, infeksiyalar sabab boʻladi.

 

Kasallikni qanday aniqlash mumkin?

Pnevmoniyani oʻpkalarni rentgenografiya yoki kompyuter tomografiyasi orqali tekshirib aniqlasa boʻladi.

 

Asosiy belgilari qanday?

Pnevmoniya belgilari kasallik turi, organizmning oʻziga xosliklari va bemorning yoshidan kelib chiqib har-xil boʻlishi mumkin.

Umumiy belgilar:

- Holsizlik;

-  Uyquchanlik;

-  Yoʻtal;

-  Yuqori tana harorati;

-  Nafas olishning qiyinlashishi;

-  Koʻkrak sohasidagi ogʻriq.

 

Kimlar xavf guruhiga kiradi?

Emizikli chaqaloqlar, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar, 65 yoshdan oshgan keksalar, astma va boshqa turdagi oʻpka kasalliklari, qandli diabet, yurak-qontomir kasalliklaridan vaziyat chekuvchi odamlar xavf guruhiga kiradi.

 

Muhim raqamlar

Pnevmoniyaga qarshi vaksina olish 70 foiz holatda kasallikdan himoya qiladi. Antibiotiklar paydo boʻlguniga qadar oʻpka yalligʻlanishidan vafot etish koʻrsatkichi 85 foizni tashkil qilgan.Pnevmoniya kasalligini XVIII asrga kelib oʻrgana boshlaganlar.

 

Pnevmoniyani gripp va bronxitdan qanday farqlash mumkin?

Pnevmoniya holatida tanadan ter ajralishi kuchayadi. Tana bir qiziydi, bir sovqotadi. Bemor kasallikdan tuzalganday koʻrinadi, oradan bir necha kun oʻtib ahvoli keskin yomonlashadi. Bu organizmning yalligʻlanish jarayoniga bildirgan reaksiyasi hisoblanadi. Ishtaha butunlay yoki qisman yoʻqoladi, taomning hidi va koʻrinishi koʻngil aynishiga sabab boʻlishi mumkin. Koʻkrak sohasida ogʻriq paydo boʻladi, uning ortidan nafas olishning qiyinlashishi ham kuzatiladi. Yurak urishi tezlashadi, bu holat organizmga kislorod yetishmasligi bilan bogʻliq boʻladi.

 

Profilaktika

Umumiy immunitetni mustahkamlash pnevmoniyaga chalinish ehtimolini nisbatan kamaytiradi. Buning uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilish, sport bilan shugʻullanish, tanani chiniqtirish kerak boʻladi.

 

Pnevmoniyani boshdan kechirgan bemorlar uchun tavsiyalar

Koʻproq toza havoga sayrga chiqing, piyoda yurishga harakat qiling. Nafas mashqlarini kanda qilmang. Meva hamda sabzavotlar isteʼmol qiling. Kuniga 1,5-2 litr suv iching. Stressdan ehtiyot boʻling.


Foydali


														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

														
														O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

2025-yilning o‘tgan 7 oyi ichida avvalgi yilga nisbatan 6.6 foiz ko‘proq mahsulot yetishtirilgan
19:53 / 10.08.2025

Bu ham qiziq

Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, so…
17:41 / 29.06.2026
Andijonda oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda

Andijonda oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda

Quvonarlisi, mazkur loyiha yakunida yana qo‘shimcha 10 ming aholining ham xonadonlari yangi kanalizatsiya tizimiga ulanishi …
18:40 / 27.06.2026
Joriy hafta havo harorati biroz pasayadi

Joriy hafta havo harorati biroz pasayadi

Bu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni pasayadi. Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo haror…
14:42 / 29.06.2026
Kannavaro: "Bosimsiz o‘ynaymiz, maqsad — JCHdagi ilk g‘alaba"

Kannavaro: "Bosimsiz o‘ynaymiz, maqsad — JCHdagi ilk g‘alaba"

O‘zbekiston milliy jamoasi Kongo DRga qarshi bahs oldidan Atlanta shahridagi Mercedes-Benz Stadiumda tashkil etilgan matbuot…
17:34 / 27.06.2026
Yoshlar uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi Iqtidorli talabalar uchun yangi davlat stipendiyalari joriy etiladi, xalqaro olimpiada g‘oliblari

Yoshlar uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi Iqtidorli talabalar uchun yangi davlat stipendiyalari joriy etiladi, xalqaro olimpiada g‘oliblari

Endilikda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-bosqich talabalari…
15:44 / 30.06.2026
Isroil AQSh va Turkiya o‘rtasidagi F-35 bo‘yicha kelishuvdan xavotirda

Isroil AQSh va Turkiya o‘rtasidagi F-35 bo‘yicha kelishuvdan xavotirda

Avvalroq Tramp Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, NATO sammi…
17:52 / 30.06.2026
Braziliya so‘nggi daqiqalarda Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Braziliya so‘nggi daqiqalarda Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Braziliya terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqanin…
10:21 / 30.06.2026
Debyut mundial: na zavq oldik, na natija

Debyut mundial: na zavq oldik, na natija

2026 yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi va endi turnirning eng qiziqarli qismi — pley-off bosqichi…
15:48 / 28.06.2026
Shavkat Mirziyoyev JCHda ishtirok etgan futbolchilardan ayb qidirmaslikka chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev JCHda ishtirok etgan futbolchilardan ayb qidirmaslikka chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jah…
14:36 / 30.06.2026
Pokiston Afg‘onistonning bir nechta viloyatlariga hujum qildi

Pokiston Afg‘onistonning bir nechta viloyatlariga hujum qildi

Matbuot kotibi Pokistonning harakatlarini “qo‘rqoq, tajovuzkor va vahshiy jinoyat” deb atadi va ularni qoraladi.
10:53 / 29.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!