Xitoyning Leapmotor avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarni sertifikatlashni to‘xtatib turish holati haqida fikr bildirdi. Weibo bayonotida aytilishicha, kompaniya C16 avtomobilini tekshirish natijalariga rozi emas.
“Avtomobilni sinovdan o‘tkazish uchun jo‘natish holatlari va testlarni o‘tkazish uchun aniq shartlar noma’lum, shuning uchun biz test natijalariga rozi bo‘lmaslik huquqini o‘zida saqlab qolamiz”,- deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, sertifikatlash uchun yuborilgan mashina avtomobil ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilmagan.
Kompaniya ushbu masalani O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda takroriy sinovlarni o‘tkazish uchun o‘rganayotganliklarini aytdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!