“Xalqta’liminfo” ning xabar berishicha, maktab o‘quvchilari uchun chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni hisoblanadi.
Qayd etilishicha, ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabrdan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:
kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.
Shuningdek, 1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!