“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan “Sh.I.D” MChJning qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra. davlat manfaatlariga 7 mlrd 143 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!