$
11990.53 UZS
-13.94
150.71 UZS
0.49
13959.38 UZS
-34.23
31° Kechasi 18°

Markaziy bank bankomatlarda naqd pul yetishmayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

17:50 / 11.05.2022

O‘zbekiston Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning mart oyi ikkinchi yarmidan boshlangan milliy valyuta – “so‘m”da naqd pulga bo‘lgan talabning keskin ortishi natijasida Markaziy bank tomonidan muomalaga mart oyida 1 trln. 119 mlrd. so‘m, aprel oyida – 6 trln. 343 mlrd. so‘m, may oyining o‘tgan 11 kunida 1 trln. 100 mlrd. so‘m qo‘shimcha naqd pullar chiqarildi.

Jumladan, mart-aprel oylarida qo‘shimcha chiqarilgan naqd pullarning 8 trln. so‘mi aholining naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo‘lgan keskin oshgan talabini (ushbu 2 oylik talab odatdagi 11,1 trln. so‘mdan 19,3 trln. so‘mga yetgan), 4-4,5 trln. so‘mi bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishga bo‘lgan qo‘shimcha talabni (17 trln. so‘mdan 22 trln. so‘mga yetgan) qondirishga yo‘naltirildi.

Qayd etilishicha, mavsumiy iqtisodiy faollikning ortishi sababli 2021-yilning mart-may oylarida Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha ravishda 2,5 trln. so‘m naqd pul chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilning mart-aprel oylarining o‘zida (may oyini hisobga olmaganda) bu ko‘rsatkich 3 barobarga oshdi.

“Yuzaga kelayotgan qisqa muddatli uzilishlar naqd pullarni joylarga yetkazib berish, ya’ni logistikasi va bankomatlarga joylashtirish bilan bog‘liq ekanligini hamda mazkur masala Markaziy bank tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan aholining tovarlarni xarid qilishlarida va xizmat ko‘rsatishda bank kartalari orqali hisob-kitoblarda to‘lov terminallaridan to‘laqonli va uzluksiz foydalanishlari ushbu muammolarga barham berilishiga ko‘mak beradi”, deyiladi Markaziy bank xabarida.


Bu ham qiziq

AQShda virus yuqtirgan tajriba maymunlari qochib ketdi

AQShda virus yuqtirgan tajriba maymunlari qochib ketdi

Yo‘qolgan beshta maymundan to‘rttasi qisqa fursatda topilgan, biroq bittasi hanuz ozodlikda. Avariyadan so‘ng u o‘rmonga qoc…
15:35 / 29.10.2025
Toshkent byudjetidan ajratilgan 87 mlrd so‘m nimalarga sarflanadi?

Toshkent byudjetidan ajratilgan 87 mlrd so‘m nimalarga sarflanadi?

Shu bilan birga, 518,1 mlrd so‘m vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan asosiy bayram konsert dasturiga tayyorgar…
10:59 / 29.10.2025
Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi” — Belgiya mudofaa vaziri

Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi” — Belgiya mudofaa vaziri

Teo Franken Putinning tahdidlariga javob qaytardi.
08:29 / 30.10.2025
“Real Madrid” sud orqali UEFAdan 4,5 mlrd yevro tovon puli undirmoqchi

“Real Madrid” sud orqali UEFAdan 4,5 mlrd yevro tovon puli undirmoqchi

Klub Yevropa Superligasi loyihasi bekor qilingani sabab katta moliyaviy zarar ko‘rganini bildirmoqda.
16:41 / 30.10.2025
Braziliyada xavfsizlik kuchlari va narkokartellar o‘rtasida boshlangan qurolli to‘qnashuvlarda kamida 80 kishi halok bo‘ldi

Braziliyada xavfsizlik kuchlari va narkokartellar o‘rtasida boshlangan qurolli to‘qnashuvlarda kamida 80 kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, gubernator Klaudio Kastro operatsiyaga mamlakat Qurolli kuchlarini jalb etishga chaqirmoqda.
12:25 / 29.10.2025
30-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
17:39 / 29.10.2025
O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
16:27 / 30.10.2025
YUNESKO bosh direktori Samarqandga tashrif buyurdi

YUNESKO bosh direktori Samarqandga tashrif buyurdi

2017-yildan beri YUNESKOga rahbarlik qilib kelayotgan Odri Azule uchun bu sessiya bosh direktor sifatidagi oxirgi ishtiroki …
11:02 / 29.10.2025
O‘zbekistonda noyabr oyining ilk kunlarida havo sovib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda noyabr oyining ilk kunlarida havo sovib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
17:17 / 30.10.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Samarqandga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Samarqandga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 30-oktyabr…
12:49 / 30.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!