AQSh armiyasi jismoniy tayyorgarlik va tashqi ko‘rinishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiradi. Amerika qo‘shinlari genderga bog‘liq bo‘lmagan qat’iyroq standartlarga bo‘ysunadi.
Bu haqda Pentagon rahbari Pit Xegset ma’lum qildi.
AQSh armiyasi harbiy xizmatchilar uchun bo‘y va vazn talablarini joriy qiladi. Jismoniy tayyorgarlik testlari yiliga ikki marta o‘tkaziladi. “Biz yoga yoki mushaklarni qizitish haqida gapirmayapmiz”, – degan Mudofaa vaziri.
Xegsetning aytishicha, u paradda ortiqcha vaznli askarlarni ko‘rishdan charchagan. “Pentagon koridorlarida ortiqcha vaznli generallar va admirallarni ko‘rish ham xuddi shunday qabul qilinishi mumkin emas”, – deb davom etgan u.
Harbiy xizmatdagi erkaklarga soqol va uzun soch qo‘yish ham taqiqlanadi (Maxsus kuchlar bundan mustasno).
Mudofaa vaziri, shuningdek, yangi qoidalar AQSh armiyasidagi ayollar soniga ta’sir qilishi mumkinligini aytib o‘tgan. Pit Xegsetning ta’kidiga ko‘ra, Pentagon talablarni ayol xodimlarini ataylab qisqartirish maqsadida joriy qilmayapti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!