Ma’lumotlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etgan.
Akmaljon Mahmudaliyev tuman hokimi lavozimiga ayni kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sultonov Sarvar To‘lqinbek o‘g‘li nomzodini tavsiya etgan.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!