Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Bu to‘g‘risida u bugun, Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida aytib o‘tdi.
Prezident buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “Hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi.
Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Bildirilishicha, parlament nazorati, avvalo, siyosiy nazoratdir, uning oqibati ham siyosiy mas’uliyat bilan bog‘liqdir. Prezident Qonunchilik palatasiga Hukumat a’zosi hisobotini eshitib, uning yakunlariga ko‘ra, ushbu rahbarni iste’foga chiqarish to‘g‘risida Prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatib o‘tdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!