$
12825.01 UZS
12.71
128.62 UZS
0.25
13552.19 UZS
19.84
17° Kechasi

Andijondagi qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

21:04 / 18.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Andijon viloyatining iqtisodiy salohiyati yuqori. Davlatimiz rahbarining shu yil fevraldagi amaliy tashrifi hamda unda belgilangan vazifalar hudud rivojiga qo‘shimcha turtki berdi. Sanoat, tadbirkorlik, savdo, xizmat ko‘rsatish, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida yaxshi natijalarga erishildi.

Shu bilan birga, hali imkoniyatlar ko‘p. Tumanlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida qator takliflar aniqlangan.

Masalan, Oltinko‘l va Jalaquduqdagi 600 gektarda xitoylik investorlar tomchilab sug‘orish orqali qalampir yetishtirib, qayta ishlash loyihasini boshlagan. Bu orqali gektaridan 15 ming dollarlik mahsulot eksport qilish hisob-kitob qilingan.

Paxtaobod tumanida Birlashgan Arab Amirligi kompaniyasi bilan hamkorlikda 470 gektarda gilos va rezavor mevalar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkor investitsiya majburiyatini o‘z vaqtida bajarayotgani uchun davlatdan infratuzilma qilib berishni so‘ragan.

Viloyatdagi 4 ta parrandachilik korxonasi faoliyatini tiklab, ehtiyojmand oilalardagi 650 nafar odamni ishga olish imkoniyati aniqlangan.

Asakadagi “ADM elektriks” korxonasi avtomobillar uchun 28 turdagi sim o‘tkazgich va multimedia tizimlarini ishlab chiqaradi. “Oniks”, “Treker”, “Kia sonet” kabi modellarda mahalliylashtirish kengaytirilsa, korxonaning quvvati va daromadi oshadi.

Yig‘ilishda Andijon viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha qaror loyihasini taqdimot qildi. Unda 2025-yilda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilgan. Jumladan, 3 milliard 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirish, 334 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, 305 ming nafar aholi bandligini ta’minlash hamda 1 milliard AQSH dollari miqdorida eksport qilish vazifasi belgilangan.

Shuningdek, viloyatda aholi zichligi inobatga olinib, yer masalasida imkoniyatlar yaratiladi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan maydonlar, jumladan, qir-adirlardan jami 1 ming 800 gektar yerning toifasi o‘zgartiriladi. U yerlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish majmualari, uy-joylar barpo etiladi.

Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish, loyihalarni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, aholining bandligini va daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.


O‘zbekiston


														
														19-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

19-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 6-8, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
03:05 / 19.11.2024

														
														Andijondagi qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Andijondagi qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorl…
21:04 / 18.11.2024

														
														Askiya bozori qayta rekonstruksiya qilinadi

Askiya bozori qayta rekonstruksiya qilinadi

Tuman ma’muriyati rahbari Nilufar Allabergenova bozorga tashrif buyuruvchilar duch keladigan noqulayliklar tufayli rekonstru…
19:45 / 18.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev ikki nafar Rossiya san’at sohasi vakillarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev ikki nafar Rossiya san’at sohasi vakillarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyevning “Rossiya Federatsiyasining madaniyat va san’at sohalari vakillarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmon…
19:04 / 18.11.2024

														
														Shayxontohurda ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Shayxontohurda ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
16:21 / 18.11.2024

														
														Mirziyoyev parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi

Mirziyoyev parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Bu to‘g‘risida u bugun, Qonunchilik p…
15:28 / 18.11.2024

														
														Prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida o‘z nutqini yakunladi

Prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida o‘z nutqini yakunladi

“O‘ttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondek katta davlatning parlamenti a’zosi bo‘lish, shubhasiz, har…
14:50 / 18.11.2024

														
														“Har qanday saylov davlat va jamiyat uchun muhim siyosiy jarayon” – Shavkat Mirziyoyev

“Har qanday saylov davlat va jamiyat uchun muhim siyosiy jarayon” – Shavkat Mirziyoyev

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘z…
12:44 / 18.11.2024

														
														Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

“Toshkent shahrida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan …
11:33 / 18.11.2024

														
														Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashib ketdi

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashib ketdi

Joriy yilning 17-noyabr kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Toshkent teleminorasi qarshisida haydovch…
09:34 / 18.11.2024

Bu ham qiziq

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

“Toshkent shahrida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan …
11:33 / 18.11.2024
“Hizbulloh”ning bosh targ‘ibotchisi o‘ldirildi

“Hizbulloh”ning bosh targ‘ibotchisi o‘ldirildi

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning bosh targ‘ibotchisi va spikeri Muhammad Afif o‘ldirilganini ma’lum qildi.
16:53 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalaridan Rossiyaga qarshi foydalanishga ruxsat berdi

Bayden Ukrainaga ATACMS raketalaridan Rossiyaga qarshi foydalanishga ruxsat berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga rux…
08:29 / 18.11.2024
19-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

19-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 6-8, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
03:05 / 19.11.2024
Yil boshidan beri O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurdi?

Yil boshidan beri O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurdi?

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 951,3 ming kishiga ko‘p.
21:20 / 16.11.2024
Mirziyoyev parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi

Mirziyoyev parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Bu to‘g‘risida u bugun, Qonunchilik p…
15:28 / 18.11.2024
Bayden Si Szinpindan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan KXDRga ta’sir o‘tkazishni so‘radi

Bayden Si Szinpindan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan KXDRga ta’sir o‘tkazishni so‘radi

“Prezident Bayden XXRning Ukrainadagi urush borasidagi ochiq pozitsiyasi mojaroning keskinlashuvi yoki kengayishiga yo‘l qo‘…
10:06 / 17.11.2024
Endi uyda tirik pilla yetishtirganlar daromad solig‘i to‘lamaydi

Endi uyda tirik pilla yetishtirganlar daromad solig‘i to‘lamaydi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
18:16 / 17.11.2024
Shayxontohurda ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Shayxontohurda ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
16:21 / 18.11.2024
Rossiyada yong‘in tufayli ona va uning to‘rt farzandi halok bo‘ldi

Rossiyada yong‘in tufayli ona va uning to‘rt farzandi halok bo‘ldi

Novosibirsk viloyatidagi dahshatli yong‘inda ona va to‘rt nafar farzandi halok bo‘ldi.
16:33 / 17.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!