Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning bosh targ‘ibotchisi va spikeri Muhammad Afif o‘ldirilganini ma’lum qildi.
IDF nashrining ma’lumot berishicha, Afif “Hizbulloh”ning yuqori martabali harbiy xodimi hisoblangan, u lavozimi yuqori amaldorlar bilan doimiy aloqada bo‘lgan va guruhning Isroilga qarshi faoliyatini targ‘ib qilish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan.
Afifning Livan ommaviy axborot vositalarida tarqatgan xabarlari Isroilga qarshi keskinlikni kuchaytirgan.
Bundan tashqari, u Isroil aholisiga qarshi ko‘plab psixologik operatsiyalar uchun javobgar bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!