“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binosida fuqaro M.X.ga qarashli binoning noturar qismida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan 2 dona ikki konturli isitish jihozlaridan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilganligi aniqlangan.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 316,5 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Xabarda shuningdek, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!