$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

“Monopoliya boʻla turib bozor iqtisodiyotiga oʻtishga urinish ahmoqlik” – iqtisodchi Abdulla Abduqodirov

16:19 / 06.06.2022

Joriy yil 21-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqini 12 foizga oshirish toʻgʻrisidagi farmoni imzolandi. Koʻp oʻtmay bozorlarda oziq-ovqat narxi keskin koʻtarildi.

Xoʻsh bunga asosiy sabab nima? “Buxanka” non narxi nega koʻtarildi? Oʻzbekistonda “shok terapiyasi” sodir boʻlyaptimi? Nega biz 28 yildan beri bozor iqtisodiyotiga oʻta olmadik? 

“Xabardor.uz” nashri ushbu savollarga javob olish uchun iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat uyushtirdi.

– 1-iyundan boshlab, gʻallani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga oʻtildi. Davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bugʻdoy narxi 3 million soʻm qilib belgilangan. Oʻtgan yili davlat 1 tonna bugʻdoyni 1 million 500 ming soʻmdan sotib olgan edi. Bu yangi tartib Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanday roʻl oʻynaydi?
– Avvalo iqtisodiyotga biron bir yoʻnalishning taʼsirini bilish uchun umumiy iqtisodiyotdagi katta katta raqamlarni koʻrishimiz kerak. Moliya vazirligining bergan maʼlumotga koʻra, mamlakat boʻyicha don mahsulotiga boʻlgan talab 8,6 million tonna boʻlgan. Shundan 2 million tonnasi davlat tomonidan fermerlardan buyurtma asosida sotib olinadi. Oʻtgan yilgi hisobotlarni qaraydigan boʻlsak, Qozogʻiston va Rossiyadan 3,2 million don mahsuloti import qilingan. Qolgan 3,4 million tonna don mahsulotini dehqonlar erkin bozorga olib chiqib sotmoqda. Mana shu strukturadan kelib chiqib koʻrishimiz mumkinki, qanday qilib davlatning xarid narxlari ichki bozorga taʼsir qilishi mumkin. Ichki bozor ham segmentlashtrilgan. Ichki bozorda 20 yildan beri bozor mexanizmida ishlab kelayotgan novvoylar faoliyati bor, shaxsiy xonadonlar faoliyati bor, Katta katta shaharlarda taxminan 70-80 foiz aholi tandir non isteʼmol qiladi. “Buxanka” nonning isteʼmol darajasi taxminan 20-30 foiz. Bu 20-30 foiz isteʼmolchilar oʻrtasida tabaqalanish bor. Bir qismi kam daromadli oilalar, ular asosan “buxanka” non isteʼmol qiladi. Ikkinchi toifadagi odamlar uyida qurilish qilib, “buxanka” nonni qurilishda ishlayotgan mehnat resurslariga berayotganlar.

Uchinchi toifadagi odamlar bozorda bugʻdoy qimmat boʻlgani uchun arzon “buxanka” non olib moliga bergan. Yaʼni biz aholining kam taʼminlangan qismini oʻylab, unlarning narxiga davlat hisobidan subsidiya berib, arzon narxda ushlab turishga harakat qilamiz. Lekin isteʼmolga kelganda arzon mahsulotni uvoliga yoʻl qoʻyadigan hamyurtlarimiz ham bor. Nega? Chunki bozorda ikki xil narx boʻlganidan keyin odamlar doim oʻzining turli maqsadlariga arzon mahsulotni olib ishlatishga harakat qiladi. Ularni ayblab ham boʻlmaydi. 

Bozorda talab va taklif oʻrtasida muvozanat oʻrnatishimiz kerak. Bu muvozanat oʻrnatilishida kimlardir aralashsa, bu muvozanat qiyshiq boʻladi va bu qingʻir oqibatlarga olib keladi. 

– 21-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshirish toʻgʻrisidagi farmoni imzolandi. Koʻp oʻtmay bozorlarda oziq-ovqat narxi keskin koʻtarildi. Bunga asosiy sabab nima? Oyliklarning oshishimi yoki boshqa sabablar ham bormi?
– Bu yerda bir nechta sabablar bor.

Bilasiz, Ukrainada boʻlgan urush oqibatida bizning qoʻshni davlatlarimiz biroz vahimaga tushib qoldi. Birinchi boʻlib Rossiyaning oʻzi don mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi. Uning orqasidan Qozogʻiston ham don eksportini toʻxtatdi. Tabiiyki, bu import narxlarining oshishga sabab boʻldi. Yaʼni Ukrainadagi urushning taʼsiri bor. Ikkinchidan, import narxi koʻtarilgach mahalliy narxlar ham import narxlariga qarab oshib boradi. Agar men bitta nonimni toʻrt ming soʻmga sota olsam, nega men nonni uch ming soʻmdan sotishim kerak? “Buxanka” nonining oshgani bilan obi nonning narxi oshmadi. Lekin baʼzi nonvoy tanishlarim bilan gaplashsam, Qozogʻistondan keladigan un narxi oshgani sababli obi nonning narxini oshirishmoqchi ekan.

Menimcha, Oʻzbekiston hukumatining qilayotgan ishlar toʻgʻri. O‘zbekiston hukumati birinchi marta davlat tomonidan beriladigan subsiydiyalarni xalqqa kompensatsiya uchun berib, keyin narxlarni ko‘tardi. Ya’ni subsiydiyalar qirqildi. Bu bizning surunkali kasalligimiz edi. Bu narsa yo‘qoldi. Bu nima degani? Subsiydiyalar yo‘qolganligi ortidan don mahsulotlari sohasida korrupsiya kamayadi, o‘g‘rilik kamayadi, qo‘shib yozishlar kamayadi. Ayni shu yondashuv xalqini o‘ylagan mamlakat uchun eng to‘g‘ri yo‘l. Lekin meni bu yerda qo‘rqitadigan ba’zi muammolar bor. Chunki bizda sovet tizimidan qolib ketgan eskicha texnologiyalar mavjud. Bizda 43 ta don korxonasi bor. Bu korxonalar yuz million tonna don zaxirasini o‘zida saqlab turadi. Bu 43 ta korxona o‘zini xududida monopaliyst hisoblanadi.

Shuning uchun ham don mahsulot soxasini xususiylashtirish eng katta dolzarb masalardan biri bo‘ladi. Endi subsiydiyalar yo‘q bo‘lgach bu ishni qo‘rqmasdan amalga oshirsak bo‘ladi.

– Ayrim insonlar “Karimov davrida arzonchilik edi, Mirziyoyev kelib hamma yerni qimmatlashtirib yubordi” deb nolishmoqda. Siz iqtisodchi sifatida bunga qanday fikr bildirasiz?
– Men bu fikrga biroz tabassum bilan qarayman. Chunki bu izohni bergan odamlarning koʻpchiligi 90-yillarning birinchi yarmida ota-onasining qoʻlida qaram boʻlgan insonlar. Chunki shu insonlar oʻsha vaqtda oʻzi oilasini boqqanida bunday taqqoslamani qilmagan boʻlar edi. Chunki 90-yillarda biz hatto davlat byudjetidan katta-katta subsidiyalar berib narxlarni ushlab turishga harakat qilganmizda ham narxlarning oʻsishi juda keskin boʻlgan. Menimcha, Islom Karimovning qilgan eng katta ishlardan biri, bozor iqtisodiyotiga ishlab chiqarishni butunlay tashlab qoʻymagan.

Yaʼni ishlab chiqarish monopol struktura qoʻlida boʻla turib, isteʼmolni bozorini bozor mexanizmiga oʻtkazish juda ham notoʻgʻri boʻlgan. Shuning uchun Islom Karimov bunga yoʻl qoʻymagan. 

Albatta, biz xohlaymizmi, xohlamaymizmi dunyodagi global talab va taklifga eʼtibor qaratishimiz kerak. “2016-yildan keyin aniq mana shu narsalar oshib ketdi” deb misol boʻlsa gapirish mumkin. Lekin umumiy hissiyotlar toʻgʻrisida men izoh berolmayman. U davrlarni koʻrmagansizlar u zamonlar qaytib kelmasin. Men bir narsa xursandmanki, oʻsha vaqtda Islom Karimov “shok terapiyasi”ga yoʻl qoʻyilmagan. Toʻgʻri bu narsa bozor  mexanizmlarini Oʻzbekistonga kirib kelishini kechiktirdi. Lekin iqtisodiyot ham shunga moslashib borgan.

– Yaʼni bozor iqtisodiyotiga oʻtilmagan shundaymi?
– Bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun talab va taklif oʻrtasida sharoitlar bir xil boʻlishi kerak. Hozir energetika resurslari boʻyicha bozor mexanizmiga oʻtamiz deb aytishmoqda. Ishlab chiqaruvchi monopolist boʻla turib, qanday qilib isteʼmol narxlarini bozor iqtisodiyotiga oʻtkazish mumkin? Bu – oʻta ahmoqlik! Bu – loʻttibozlik! Bu – xalqni aldash! Bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun ishlab chiqaruvchilar ham, isteʼmolchilar ham bitta sharoitda boʻlishi kerak.


Bu ham qiziq

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!