$
11778.45 UZS
5.5
₽
138.35 UZS
-2.79
€
13198.93 UZS
-25.62
31° Kechasi 18°

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

11:35 / 22.04.2022

Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Shuningdek, davlat rahbari viloyatga yangi tasdiqlangan hokimi haqida iliq fikrlarni bildirgan.

– Qashqadaryoga yangi hokim tayinlashimiz kerak. Bu elning feʼlini bilgan odamning nomzodini aytmoqchiman. Men uni kecha emas, 15 yildan beri bilaman. Bojxona tizimida tajriba to‘plagan, mening ishonchimni oqladi. Albatta og‘ir bo‘ldi, ammo toza ishladi, cindirdi korrupsiyani. O‘zimga o‘zim savol beraman. U yoki bu sohaga, hududga rahbarni to‘g‘ri tanladimmi? Baʼzan ishonch bilan, baʼzan ilojsizlikdan kadr qo‘yamiz. Chunki yaxshi kadr topish juda qiyin.  Bilasizlarmi, bitta maktabga fidoyi direktor kelsa, muhitni qancha yaxshi tomonga o‘zgartiradi, – deydi Prezident.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, M.Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.


Bu ham qiziq

Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi. D…
12:02 / 05.10.2026
Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu …
11:42 / 04.10.2026
Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Litva poytaxti Vilnyusda chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Shaharda to‘planib qolgan chiqin…
12:19 / 04.10.2026
Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google shaxsiy akkaunt foydalanuvchilari uchun Gemini modellaridan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda. 9-oktyabrdan bosh…
12:07 / 05.10.2026
Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshi shahrida 97 nafar soliq to‘lovchidan soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olingan 122,6 million so‘m mablag‘ ular…
12:14 / 05.10.2026
Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

30-sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai samolyotida kapitaniga hujum qilib, boshqaruvni egallashga uringan …
12:30 / 04.10.2026
Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 2026-yil 5-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, “Sirojiddin media” MChJ rahbari Adil…
16:24 / 05.10.2026
7-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

7-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:38 / 06.10.2026
Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026
Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorij fuqarolari, jumladan, diplomatik missiyalar xodimlarini Ukrainaga bormaslik va mamlaka…
12:12 / 04.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!