Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muhim obyekt — “Urganch-1” nasos stansiyasidagi holatni joyiga borib o‘rgandi.
Ta’kidlanishicha, milliondan ortiq aholini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan ushbu yirik inshootni zudlik bilan modernizatsiya qilish zarur. Yakuniy yig‘ilishda hududdagi muammolar muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Saida Mirziyoyeva muammolarni ochiq muhokama qilish, ularni birgalikda tahlil etish va ustuvor tartibda bartaraf etish muhimligini ta’kidlagan.
Urganch shahrining “Obi hayot” mahallasida joylashgan mazkur nasos stansiyasi 1970-yilda qurilgan bo‘lib, undagi to‘rtta nasosdan biri ayni paytda nosoz holatda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!