Xitoyning “EVERBRIGHT ENVIRONMENT LIMITED” kompaniyasi Namangan viloyatida chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi. Shu maqsadda kompaniya vakillari Namangan viloyatiga yetib kelgan.
Tashrif davomida Namangan viloyati Chust tumanidagi 10 gektar maydonda chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha “Zarafshon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladi va 150 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 400 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: birinchi bosqich 2025-yilning to‘rtinchi choragida, ikkinchisi — 2026-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2024-yilda loyihani rivojlantirish uchun 25 million dollar investitsiya o‘zlashtirilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!