Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi maktablardan birida o‘qituvchi va direktorning farzandlari o‘rtasida mushtlashuv bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26-dekabr kuni Namangan shahridagi 17-sonli maktab o‘qituvchisi J.M. va shu maktab direktorining farzandlari (maktab o‘quvchilari emas) o‘rtasida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng, hodisa joyiga hudud profilaktika inspektori yetib brogan va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan.
Hozirda holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!