$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Nega farzand uchun to‘g‘ri yotoqxona tanlash zarur?

13:50 / 09.05.2022

Yotoq mebeli – bu bola uchun sog‘lom uyqu bilan ta’minlovchi jihoz bo‘lib, uni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Bolaning rivojlanishi uchun uyqu sifati katta rol o‘ynaydi, shuning uchun bolaning yotog‘ini tanlashga ongli ravishda yondashish kerak. Muhimi, materiallarning ekologik tozaligi, xavfsizligi, strukturaning o‘lchami va mustahkamligi, shuningdek, funsionallik hamda dizayndir.

Bolalar mebellaridagi asosiy talablar

Yotoq mebeli tez-tez o‘zgartiradigan narsalar safiga kirmaydi. Bolaning qulay sharoiti, uyqu sifati va hatto xavfsizligi ham yotoq mebeliga bog‘liq. Ammo bolalar kattalarga qaraganda ancha sezgir: ularda ko‘pincha allergiya holatlari kuzatiladi, bundan tashqari ularda shikastlanish xavfi yuqori. Shuning uchun, bolalar mebellarini tanlashda ikkita xususiyat muhim ahamiyatga ega: xavfsizlik va ekologik tozalik.

Qanday turdagi yotoqlarni xavfsiz deb hisoblash mumkin?

• 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun himoya tomonlariga ega mebel;
• Istalgan yoshdagi bolalarga qirralari yumaloq, o‘tkir burchaklarsiz mebel;
• Gipoallergik bo‘yoqlarsiz, zararsiz materialdan ishlangan mebel;
• Tananing og‘irligida shakli o‘zgarmaydiga mebel;
• Ishonchli mahkamlagichlarga ega, mustahkam mebel.

Bolalar mebellarini tanlashda ekologik toza, xavfsiz materiallardan ishlangani muhim talablardan biri hisoblanadi. Kichkintoyning immuniteti shakllanayotgan bir paytda, chaqaloq va hatto maktab o‘quvchisi ham kattalarga nisbatan mebel bo‘yoqlaridagi uchuvchan birikmalarga sezgir bo‘ladi. Eng xavfsiz bolalar yotoqlari eman va qarag‘ayning tabiiy yog‘ochlaridan tayyorlangan mebellar hisoblanadi. 

Bolalar mebellarini tanlashda sotuvchidan muvofiqlik sertifikatlari va ekologik xavfsizligini so‘rash ortiqchalik qilmaydi. Agar ishlab chiqarish materiallari xalqaro standartlarga mos kelsa, ular E1 va E0 belgilari bilan belgilanadi.

Bolalar yotoqlari qanday bo‘lishi kerak?

Pediatrlar chaqaloqlar uchun yaxshi yotoq quyidagi to‘rtta talabga javob berishi kerakligini tavsiya qiladi:

• Qo‘shimcha xavfsizlik xususiyatlari;
• Xavfsiz, ideal tabiiy materiallar;
• Kichkintoyning vazni va balandligiga qarab o‘lchamlari to‘g‘ri kelishi;
• Sanitariya me’yorlariga va boshqa xavfsizlik parametrlariga muvofiqligi.

Vizual ravishda, bolalar mebelining sifati qoplamasi orqali baholanishi mumkin. U turli xil dog‘lar, yoriqlar va boshqa notekisliklar, shu jumladan bo‘yoq qoldiqlaridan holi bo‘lishi kerak. 

Bolalar yotoqlarining turlari

Bozorda bolalar mebellarining ko‘p turlari mavjud bo‘lib, dizayn jihatdan, klassik, modulli va tematik yotoqlar ajralib turadi. Biroq, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mebelning dizayniga qaragnda qulayligi muhim ahamiyat kasb etadi:

• Belanchak – uyqusida bezovtalanuvchi chaqaloqlar uchun mukammal tanlovdir. Bu avtomatik tarzda tebratish funksiyasini ta’minlaydigan yotoq hisoblanadi, lekin chaqaloq belanchakda bir yarim yilgacha uxlashi mumkin.

• Klassik krovat – kattalar uchun mo‘ljallangan krovatning kichiklashtirilgan shakli. Klassik krovatning ahamiyatli jihati undan bolaning ikki yoshigacha foydalanishingiz mumkin. Ba’zi modellar esa harakatlanish funksiyasini o‘z ichiga olishi bilan universal hisoblanadi.

• Transformer – eng tejamkor tanlovdir, chunki undan farzandingizning go‘daklik paytidan to maktab yoshiga qadar o‘lchamlarini o‘zgartirib foydalanishingiz mumkin. 

Yotoq o‘lchamlari va kerakli parametrlari

Bola yotog‘ini tanlashda siz bolaning yoshiga e’tibor berishingiz kerak:

•  1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – belanchak mos keladi. Ota-onalar mahkamlagichlarning mustahkamligiga va yon tomondagi panjaralar orasidagi masofaga e’tibor berish lozim. Bo‘shliqlar shunday bo‘lishi kerakki, chaqaloq ularning orasiga sig‘masligi, lekin uning qo‘llari yoki oyoqlari tiqilib qolmasligi muhim sanaladi.

• 3-5 yoshdagi bolalar uchun – transformer modellar yoki klassik bir kishilik yotoqlar yaxshi tanlov hisoblanadi. Bunday yotoqlar o‘tkir burchaklarsiz, bir yoki ikki tomondan ishonchli tarzda o‘rnatilgan himoya elementlariga ega bo‘lgan mebel sanaladi. Bundan tashqari, aynan shu yoshdagi bolalar uchun qaroqchilar, kosmik kemalar yoki avtomobillar ko‘rinishidagi tematik mebel ham tanlash mumkin.

• Maktab yoshidagi bolalar uchun – maktab yoshidagi bolalar uchun mebel sotib tanlayotganda, ularning xohish va istaklarini ham inobatga olish kerak. Bundan tashqari, ota-onalar bolaning o‘sish darajasini hisobga olgan holda yotoq hajmini tanlashlari kerak. 

• Ikkita bola uchun –  ko‘pchilik ota-onalar ikki qavatli yotoq mebeli tanlashadi, ammo ixchamroq variantlar ham mavjud. Ya’ni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan yuqori konstruksiyali yotoqlar. Ushbu konfigurasiya bilan bitta yotoq oyoqlariga tayangan holda ko‘tariladi, ikkinchisi esa pastdan chiqariladi. Kun davomida yig‘ib qo‘yiladigan mebel o‘yin uchun ko‘proq joy bo‘shatish imkonini beradi.

Bolalar yotoqlarining afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari. Kichkintoylar uchun yotoq mebeli bolaning yoshi va bo‘yiga mos ravishda kattalarnikidan pastroq bo‘ladi. Optimal material sifatida notoksik lakdan ishlangan tabiiy yog‘ochdan foydalaniladi. Chaqaloqlar uyqusida harakatlarini nazorat qila olmaganligi sababli, shikastlanishning oldini oladigan himoya elementlaridan foydalaniladi.

Kamchiliklari. Bolalar mebellari ham kamchiliklarga ega bo‘lishi mumkin. Ba’zan uzoq muddatga chidamsiz materiallardan tayyorlanadi, ishonchsiz armatura tanlanadi. Shuning uchun ota-onalar mebelning mustahkamligi, yasalish sifati, asosiy va qo‘shimcha elementlarini diqqat bilan ko‘rib chiqishlari kerak.

Bolalar yotoqlarini qanday to‘g‘ri tanlash mumkin?

Bolalar mebellari yetarlicha uzoq xizmat qilishi uchun uning sifatliligiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun sotuvchidan mebelning xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat va boshqa hujjatlarni so‘rash lozim. Bundan tashqari, mebel bolaning yoshiga mos kelishi kerak. Agar yotoq mebeli farzandingiz uchun kichkina va tor bo‘lib qolgan bo‘lsa, undan foydalanmaganingiz ma’qul. 

Bolalar yotog‘ini sotib olayotganda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan birinchi omil – bu xavfsizlik. Mebellarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan eng yaxshi material ekologik toza qattiq yog‘ochdir. U bo‘yoq bilan bo‘yalgan, lekin ustidan va lak bilan qoplangan bo‘lishi kerak. 

Armatura va dekorativ elementlarsiz soddalashtirilgan modellarga ko‘proq e’tibor qarating. Bolalarning harakatchanligini inobatga olgan holda, ularning xavfsizligi uchun detallari kamroq mebellar tanlash samarali hisoblandi. 

Dizayn ham muhim ahamiyatga ega. Yotoq mebeli, shkaf va stolning bir xil ko‘rinishdagisini tanlash tavsiya etiladi. Ko‘pchilik bolalar samolyotlar, kemalar, avtomobillar kabi tematik mebellarni xush ko‘radilar. 

Farzandingiz uchun ham qulay, ham sifatli yotoq mebeli tanlab, bolaning sog‘lom uyqusini ta’minlashingiz mumkin.
 


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!