“Netflix“ striming platformasi janubiy koreyalik ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Kalmar oʻyini” serialidagi voqealar asosida maxsus realiti shou uyushtiradi. Shou ishtirokchilari tarixdagi eng katta yutuq summasi – 4,56 million dollar uchun kurashadilar.
Shouda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 456 nafar odam ishtirok etishi mumkin. Har bir oʻyindan keyin ishtirokchilar birin-ketin shouni tark etishadi. “Kalmar oʻyini” bir nafar gʻolib qolgunicha davom etadi.
“Netflix” ishtirokchilar uchun kasting eʼlon qilib ulgurgan. Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish talab etiladi.
Oʻyin tashkilotchilari shouda ishtirok etadigan odamlarga hech qanday zarar yetmasligini alohida taʼkidlab oʻtganlar. Realiti shouning birinchi mavsumi “Squid Game: The Challenge” nomi bilan taqdim etiladi va 10 ta epizoddan iborat boʻladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!