Bugun, soat 01:30 da Denov tumanidagi “Olovuddin” mahallasida Nexia-3 yuqori bosimli gaz quvuriga urilgan. Hodisa oqibatida tumandagi 3950 ta aholi va 20 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Hozirda ushbu nosozlik bartaraf etilib, tumandagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklangan.
“Ayni paytda mazkur hududda bir maromda tabiiy gaz yetkazib berilmoqda”, – deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!