Reuters nashrining xabar berishicha, 1,4 millionga yaqin yoshlar “muqaddas urush”da ishtirok etish va “dushmanni inqilob qo‘li bilan yo‘q qilish” maqsadida ikki kun, 14 va 15-oktyabr kunlari KXDR armiyasiga qo‘shilish yoki qaytish uchun ariza topshirgan.
Qayd etilishicha, “Yoshlar ittifoqi” xodimlari, ishchi va talaba yoshlar vakillari Janubiy Koreya bilan munosabatlardagi “urushga to‘la keskin vaziyat” fonida KXDR armiyasiga qo‘shilish yoki qaytish istagini bildirgan. a.
Shuningdek, “Koreya Ovozi” davlat radiostansiyasi ham Shimoliy Koreyada harbiy mojaroga tayyor bo‘lganlar soni vaqt o‘tgan sayin ortib borayotgani haqida xabar berdi.
“Butun mamlakat KXDR muqaddas suvereniteti va xavfsizligini buzgan Janubiy Koreya qabihlarini shafqatsizlarcha yo‘q qilishga intilmoqda”, – deyiladi radiostansiya xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!