$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

Nikohni qayd etish uchun DXMlar orqali ariza berish tizimi joriy etiladi

16:45 / 18.06.2022

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun FHDYo bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etilishi mumkin.

Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Hukumatning “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida o‘z aksini topmoqda.

Shuningdek, loyihada quyidagilar ham nazarda tutilmoqda:

– tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo‘limlarida qayd etish tartibi belgilanmoqda. Bunda tug‘ilganlik holati FHDYo bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan QR-kodli maʼlumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;

– nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabardor qilish tartibi bekor qilinmoqda;

– nikohdan ajratish haqida ariza berilganda er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning yashash joyidagi oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron tizim orqali xabar berish tartibi joriy etiladi;

– FHDYo organi rahbari lavozimiga adliya organlari va muassasalarida boshqaruv lavozimlarda ishlayotgan xodimlarni tayinlash mumkinligi belgilanmoqda;

– fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga axborot tizimi orqali so‘rovnoma yuborish va xulosa olish tartibi joriy etilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd qilishga, tug‘ilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik holatlarga barham berishga, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlar sodir etilishining oldini olishga hamda FHDYO sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga xizmat qiladi.

https://regulation.gov.uz/oz/d/63232


Bu ham qiziq

"Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot soʻrayaptilar" - Saida Mirziyoyeva

"Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot soʻrayaptilar" - Saida Mirziyoyeva

Toshkent shahridagi havo holati masalasi bo‘yicha Maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
21:01 / 02.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
08:33 / 04.12.2025
Prezident topshirig‘i bilan, Gulistondagi portlash bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirig‘i bilan, Gulistondagi portlash bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
18:00 / 03.12.2025
Ukraina va Irlandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

Ukraina va Irlandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Dublinga tashrifi chog‘ida Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin bilan Rossiyaning muzlat…
08:56 / 03.12.2025
Toshkentda 17 kg narkotik sotishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda 17 kg narkotik sotishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

IIV xabariga ko‘ra, Dastlab, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt avtomobilini ko‘zdan kechirish natijasida tra…
09:17 / 04.12.2025
2025-yilda O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p Hindistondan talabalar kelgan

2025-yilda O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p Hindistondan talabalar kelgan

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-15 davlat fuqarolari nomi ma’lum qilindi.
12:21 / 04.12.2025
2025-yil falastinliklar uchun eng qonli yil bo‘ldi

2025-yil falastinliklar uchun eng qonli yil bo‘ldi

G‘azoda bir yil ichida 67 ming nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Ularning orasida 20 ming bola va 10 ming ayol bor.
16:09 / 03.12.2025
Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylari 3-dekabr kuni G‘azoga hujum uyushtirdi, oqibatida yetti nafar falastinlik, jumladan, ikki nafar bola halok…
11:02 / 04.12.2025
Kriptopuldan tortib po‘kakg‘ishtgacha…

Kriptopuldan tortib po‘kakg‘ishtgacha…

Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillarini jam…
09:55 / 04.12.2025
Xitoy fazoga “Samarqand-2028” nomli sun’iy yo‘ldosh uchiradi

Xitoy fazoga “Samarqand-2028” nomli sun’iy yo‘ldosh uchiradi

Bu haqda “O‘zbekkosmos” xabar berdi.
10:23 / 03.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!