Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan turnir yakunlandi.
Musobaqa rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar ikki turnirning umumiy natijalari yig‘indisiga ko‘ra aniqlandi.
10-marotaba tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirda jami 8 nafar grossmeyster qatnashdi. Ular qatorida Nodirbek Abdusattorov ham bor.
Nodirbek blits bahslarida 10 ochko to‘plab ajoyib natija qayd etdi. Rossiyalik Yan Nepomnyashiy ikkinchi, hindistonlik Aravindh Chitambaram uchinchi o‘rinni band etdi. Biroq Rapid bahslarida 8 ochko to‘plagan Nodirbek 4-pog‘onadan joy oldi.
Shu tariqa, Nodirbekka turnir chempionligi uchun bir ochko yetmay qoldi. Nodirbekdan bir ochko ko‘p jamg‘argan Yan Nepomnyashiy 10-yubiley turnir chempioniga aylandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!