Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan ikkita Damas va XCMG rusumli avtokranga urildi. Yo‘l-transport hodisasi 9-oktyabr kuni soat 13:50 larda Sebzor ko‘chasidagi 9-oilaviy poliklinika qarshisida sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1985-yilda tug‘ilgan J.B. boshqaruvidagi yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositalari orasidagi masofani saqlay olmagan. Oqibatda u svetofor qarshisida to‘xtab turgan uchta transport vositasiga urilgan.
Hodisa oqibatida ikkita Damas haydovchisi va bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!