$
11847.16 UZS
52.28
141.44 UZS
2.77
13843.41 UZS
157.81
31° Kechasi 18°

Oʻqituvchilar zimmasiga yuklatilgan qoʻshimcha vazifalarni taqiqlash boʻyicha koʻrsatma berildi

18:08 / 10.11.2022

Oʻqituvchilar zimmasiga yuklatilgan qoʻshimcha vazifalarni taqiqlash boʻyicha koʻrsatma berildi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan hududiy boʻlinmalarga ogohlantirish berilgani maʼlum qilindi.

“Hurmatli keng jamoatchilik vakillari!

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbarining ta’lim sohasiga doir qator tashabbuslari natijasida o‘qituvchilarning faqat o‘z xizmat faoliyatiga oid ishlar bilan shug‘ullanishi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Afsuski, belgilangan mazkur choralarga qaramay joylarda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘qituvchilar zimmasiga ortiqcha vazifalar yuklash va bu topshiriqlarni bevosita Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yuborilayotganligi bilan xaspo‘shlash holatlari kuzatilmoqda.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali maktab o‘qituvchilarining  navbatdagi o‘quv yilida maktabga chiqishi kutilayotgan bolalarning ro‘yxatini uyma-uy yurgan holda yig‘ib chiqayotgani bilan bog‘liq xabar tarqaldi. Faoliyat boshlaganimga qariyb 1 yil muddat bo‘layotgan bo‘lsa, vazirlik tomonidan o‘qituvchilarning xizmat majburiyatidan tashqari ish bilan shug‘ullanishi bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmadi. Aksincha, joylarda aniqlangan bunday holatlar bilan doimiy ravishda murosasiz kurash olib borilmoqda.

O‘qituvchilarning uyma-uy yurib, bolalarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq holatga kelsak, kechaning o‘zida vazirlikning hududiy bo‘linmalariga maktab pedagoglariga bunday o‘zboshimcha topshiriqlar berilmasligi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Aytish lozimki, o‘tgan bir yillik faoliyatim  davomida mamlakatimizning 200 dan ortiq tuman va shaharlaridagi 1 600 ta maktabda bo‘ldim. Mazkur hududlarda mavjud barcha maktab rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil qilib, o‘qituvchilarga munosabat o‘zgarishi lozimligi, ularni e’tiborini bolalarning ta’limiga qaratish, ortiqcha vazifalarga jalb etmaslik bo‘yicha doimiy ravishda ta’kidlab kelaman.

 

Shu o‘rinda Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilari dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa barcha ishlardan, jumladan pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish, xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish qat’iyan taqiqlanganligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Maktab yoshigacha bolalar ro‘yxatini shakllantirish hamda umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish masalasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligining manzil-ro‘yxat axborot xizmati hamda Adliya vazirligining FHDYO bo‘limlari elektron tizimiga integratsiya qilingan holda bosqichma-bosqich olib borilayotganligini qayd etmoqchiman.

Hurmatli soha mutasaddilari!

O‘qituvchilarning asosiy vazifasi o‘quvchilarga bilim berish orqali mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagini ta’minlashdir. Zero, bizning oldimizda Vatanimizning ertangi kunini belgilab beradigan kelajak avlodni tarbiyalash kabi mas’uliyatli ish turibdi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bizning asosiy maqsadimiz, barkamol avlodni voyaga yetkazish orqali yurtimizni dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shish, xalqimiz uchun erkin va farovon jamiyat qurishdan iborat ekan, bu boradagi eng katta mas’uliyat Siz — fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar qo‘lidadir.” – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning telegram kanalida.


Bu ham qiziq

Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xod…
16:08 / 19.08.2026
Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi.
14:31 / 19.08.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

➖ Besh yilda biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berdi, bu borada 84 ta Qonun, 861 ta farmon va qaror qabul q…
14:51 / 18.08.2026
Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulangan 51 y…
09:48 / 19.08.2026
Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
12:47 / 22.08.2026
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
09:14 / 18.08.2026
Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortild

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortild

Toshkent hayvonot bog‘ida sher va jayralarga tosh otgan erkak 2 million 884 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda …
16:18 / 19.08.2026
Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yich…
11:21 / 22.08.2026
“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

Korxonalarga sun’iy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
12:48 / 18.08.2026
“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi aks etgan video keng ta…
14:22 / 18.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!