$
12047.45 UZS
26.55
151.90 UZS
-3.59
14099.13 UZS
110.41
31° Kechasi 18°

O‘smir yigitning o‘limiga sababchi bo‘lgan inspektor 2 yarim yilga qamaldi

16:29 / 12.12.2025

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 17 yoshli yigitning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan profilaktika inspektoriga sud hukmi o‘qildi.  Qayd etilishicha, 2025-yilning 20-fevral kuni 2008-yilda tug‘ilgan B.B. (o‘g‘il bola) amakisiga tegishli Cobalt avtomashinasini o‘zboshimchalik bilan haydab chiqib ketgan. Mazkur holat yuzasidan 102 raqami orqali Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining navbatchilik qismiga murojaat kelib tushgan va holat Bulung‘ur tumani “Kildon” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika katta inspektori X.I.ga biriktirilgan.

Shundan so‘ng inspektor va B.B.ning yaqinlari birgalikda yigitni qidirgan. Ikki kun davom etgan qidirish ishlaridan so‘ng, 21-fevral kuni yigit Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan topilib, soat 19:00 larda uyga olib kelingan. Shundan so‘ng inspektor o‘smirni ichki ishlar xodimlaridan olib chiqib kelganini va 400 ming so‘m pul berganini aytib, ularni aldab ishonchiga kirib, ushbu pullarni talab qilgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, profilaktika inspektori yigitni uydan olib chiqib ketib, tartibga ko‘ra u bilan pedagogik va psixologik profilaktika tadbirlari o‘tkazmagan va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmagan. Aksincha, uning qarindoshlariga “bu bola qamaladi, endi qonun oldida javob berishi kerak”, – degan mazmundagi gaplarni aytib, qo‘rqitgan.

O‘smir B.B. qamalishidan qo‘rqib, stress holatiga tushib, 22-fevral kuni uyining molxonasida 20 litrlik yelim idish (kanistr)da mavjud bo‘lgan dizel yonilg‘isini ustiga sepib, o‘ziga o‘t qo‘ygan. Oqibatda og‘ir darajadagi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Unga shifokorlar 2 oydan ko‘proq vaqt davomida tibbiy yordam ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramasdan, 6-may kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida vafot etgan.

2025-yil 4-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudi profilaktika inspektori X.I.ni Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil muddatga Ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 2 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sobiq xodim sud zalining o‘zida qamoqqa olinib, manzil-koloniyaga yuborildi.


O‘zbekiston


														
														Toshkent shahri va 15 ta hududdagi dorixonalarda “Elektron retsept” tizimi ishga tushdi

Toshkent shahri va 15 ta hududdagi dorixonalarda “Elektron retsept” tizimi ishga tushdi

Mazkur tizim doirasida yuzaga kelgan savollarga javob beruvchi @ssv_pilotbot ham tashkil etildi.
17:32 / 12.12.2025

														
														O‘smir yigitning o‘limiga sababchi bo‘lgan inspektor 2 yarim yilga qamaldi

O‘smir yigitning o‘limiga sababchi bo‘lgan inspektor 2 yarim yilga qamaldi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 17 yoshli yigitning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan profilaktika inspektoriga …
16:29 / 12.12.2025

														
														Saida Mirziyoyeva Rim Papasi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Rim Papasi bilan uchrashdi

11-dekabr kuni Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida Rim Papasi L…
16:06 / 12.12.2025

														
														13-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
15:49 / 12.12.2025

														
														Poytaxtdagi 78 ta “zapravka”larning ish vaqti soat 06:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilandi

Poytaxtdagi 78 ta “zapravka”larning ish vaqti soat 06:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilandi

Toshkent shahrida ham shahar hokimligi bilan kelishilgan holda poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi 78 ta avtomobillarga gaz to‘l…
13:06 / 12.12.2025

														
														Toshkentda yashil hudud yaratgan fuqaro javobgarlikka tortilgani yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Toshkentda yashil hudud yaratgan fuqaro javobgarlikka tortilgani yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Mazkur holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan voqea joyiga borib o‘rganilibdi.
12:27 / 12.12.2025

														
														O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo…
11:09 / 12.12.2025

														
														Ziroat Mirziyoyeva Paragvay Respublikasining Birinchi xonimi bilan uchrashdi

Ziroat Mirziyoyeva Paragvay Respublikasining Birinchi xonimi bilan uchrashdi

Oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlari bilan t…
09:01 / 12.12.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Paragvay Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Paragvay Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Pe…
17:55 / 11.12.2025

														
														12-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

12-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:32 / 11.12.2025

Bu ham qiziq

Toshkent shahri va 15 ta hududdagi dorixonalarda “Elektron retsept” tizimi ishga tushdi

Toshkent shahri va 15 ta hududdagi dorixonalarda “Elektron retsept” tizimi ishga tushdi

Mazkur tizim doirasida yuzaga kelgan savollarga javob beruvchi @ssv_pilotbot ham tashkil etildi.
17:32 / 12.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Paragvay Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Paragvay Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Pe…
17:55 / 11.12.2025
“Daily Ittehad” gazetasi muxbirining “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti” nomli kitobi chop etildi

“Daily Ittehad” gazetasi muxbirining “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti” nomli kitobi chop etildi

Kitob muallifi Pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xon tahririyatning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlar…
17:02 / 11.12.2025
Poytaxtdagi 78 ta “zapravka”larning ish vaqti soat 06:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilandi

Poytaxtdagi 78 ta “zapravka”larning ish vaqti soat 06:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilandi

Toshkent shahrida ham shahar hokimligi bilan kelishilgan holda poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi 78 ta avtomobillarga gaz to‘l…
13:06 / 12.12.2025
Putin 11-12-dekabr kunlari Turkmanistonga boradi

Putin 11-12-dekabr kunlari Turkmanistonga boradi

Rossiya yetakchisi Ashxoboddagi forumda ishtirok etadi.
15:36 / 10.12.2025
“AQSh Yevropaning tanazzulga uchrashi va sivilizatsiya inqirozini tan oldi”, – Orban

“AQSh Yevropaning tanazzulga uchrashi va sivilizatsiya inqirozini tan oldi”, – Orban

“AQSh milliy xavfsizlikning yangi strategiyasida zaif va ishonchsiz ittifoqchiga aylangan sivilizatsiya inqirozi va Yevropan…
18:07 / 11.12.2025
Poytaxtni va ba'zi viloyatlarni tuman qoplaganligi sababli "O‘zgidromet" muhim ma'lumot bilan chiqdi

Poytaxtni va ba'zi viloyatlarni tuman qoplaganligi sababli "O‘zgidromet" muhim ma'lumot bilan chiqdi

Maxsus komissiya topshirig‘iga muvofiq, aholini atmosfera havosining holati haqida operativ axborot bilan ta’minlash maqsadi…
23:35 / 10.12.2025
Saida Mirziyoyeva Rim Papasi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Rim Papasi bilan uchrashdi

11-dekabr kuni Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida Rim Papasi L…
16:06 / 12.12.2025
1,6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi va sertifikati bo‘lmagan dorilar aniqlandi

1,6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi va sertifikati bo‘lmagan dorilar aniqlandi

DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Davlat chegarasi orqali giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarin…
17:45 / 10.12.2025
13-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
15:49 / 12.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!