Oʻzbekiston terma jamoasi afsonaviy hujumchisi yurtimizga qaytmoqda.
“Paxtakor” klubini bir necha kun oldin jamoaning sport direktori sifatida ishlagan Jaʼfar Irismetov va texnik direktor boʻlgan Sobir Xodiyev tark etgan.
Klub rahbariyati boʻshab qolgan oʻringa bir nechta nomzodlarni koʻrib chiqqan va Maksim Shatskix tanlovida toʻxtagan.
Shatskix bugun Ukrainadan Polsha davlatiga oʻtgan va 29-may kuni Oʻzbekistonga uchib kelishi kutilmoqda.
Qayd etish mumkin, Maksim Shatskix 2016-2017 yillarda Kiyevning “Dinamo” klubi U-19 jamoasi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.
Shuningdek, u 2017-2019 yillarda “Dinamo” asosiy jamoasida va 2020-2021-yillarda Rossiyaning “Rotor” klubida yordamchi sifatida faoliyat olib borgan.
Maʼlumot oʻrnida, Shatskix Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanib, hujumchi MTJ safidagi 61 oʻyinda 34 golga mualliflik qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!