$
12067.60 UZS
15.27
153.71 UZS
0
14239.77 UZS
26.46
31° Kechasi 18°

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

10:39 / 12.09.2023

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishi farmon va qarorda nazarda tutilgan.
 
Prezidentning PF–158 sonli farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha PQ–300-sonli qarori qabul qilindi.
 
Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.
 
Unga ko‘ra:
 
har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
 
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
 
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
 
qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
 
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
 
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan:
 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi;
 
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;
 
banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qiymati 20 milliard so‘mgacha kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
 
2023/2024 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi. Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Bu ham qiziq

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun maxsus imtiyoz va kvotalar joriy etilmoqda

Ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun maxsus imtiyoz va kvotalar joriy etilmoqda

Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar uchun kollej va texnikumlarga kirishda 5 foizgacha qo‘shimcha kvota ajratiladi. Ular imtih…
22:22 / 24.12.2025
Pokistondagi portlashda 5 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Pokistondagi portlashda 5 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

23-dekabr kuni Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida sodir etilgan qurolli hujum va portlash oqibatida besh nafar politsiya x…
18:01 / 23.12.2025
O‘zbekistonda 11 oy davomida qariyb 420 ming yengil avtomobil ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda 11 oy davomida qariyb 420 ming yengil avtomobil ishlab chiqarildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida turli rusumdagi 419 338 …
09:31 / 24.12.2025
Turkiyaning “TRT Avaz” telekanali “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” haqida maxsus lavhani efirga uzatdi

Turkiyaning “TRT Avaz” telekanali “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” haqida maxsus lavhani efirga uzatdi

25-dekabr kuni siz ham farzandlaringiz bilan ushbu animatsion filmni tomosha qilish uchun kinoteatrga boring!
18:07 / 23.12.2025
Qo‘lbola pirotexnika buyumlarini sotayotgan o‘smirlar qo‘lga olindi

Qo‘lbola pirotexnika buyumlarini sotayotgan o‘smirlar qo‘lga olindi

2008-yilda tug‘ilgan shaxs xaridorga 10 dona qo‘lbola usulda yasalgan pirotexnika vositalarini 250 ming so‘mga hamda 1 dona …
16:42 / 24.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshli qizni avval zo‘rlab, keyin o‘ldirgan o‘zbekistonlik umrbodga qamaldi

Qozog‘istonda 16 yoshli qizni avval zo‘rlab, keyin o‘ldirgan o‘zbekistonlik umrbodga qamaldi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi To‘rtko‘l qishlog‘ida 16 yoshli qizning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi bilan bog‘liq jin…
10:48 / 24.12.2025
Rossiyada migrantlar ishlashi mumkin bo‘lmagan sohalar kengaytirildi

Rossiyada migrantlar ishlashi mumkin bo‘lmagan sohalar kengaytirildi

Rossiyaning Tyumen viloyatida migrantlarning ta’lim muassasalarida faoliyat yuritishiga cheklov joriy etilmoqda.
17:08 / 24.12.2025
Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi

Profboksning super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning navbatdagi jan…
12:59 / 24.12.2025
O‘zbekistonda havo sifati yana yomonlashadimi?

O‘zbekistonda havo sifati yana yomonlashadimi?

Prognozlarga ko‘ra, yog‘ingarchiliklardan so‘ng mamlakatda ob-havo haroratining nisbatan iliqlashishi fonida atmosferada inv…
11:44 / 23.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!