Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi To‘rtko‘l qishlog‘ida 16 yoshli qizning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.
Sud ayblanuvchiga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Shuningdek, u marhumaning oilasiga 50 million tenge (1 mlrd 165 mln 500 ming so‘m) miqdorida ma’naviy zarar uchun kompensatsiya ham to‘lashi kerak.
Sud jarayonida gumonlanuvchi o‘z aybini to‘liq tan olmagan bo‘lsa-da, sud tergov taqdim etgan dalillarni yetarli va ishonchli deb topgan.
Voqea shu yilning 6-iyuniga o‘tar kechasi yuz bergan. Qiz do‘kondan uyiga qaytayotgan vaqtda bedarak yo‘qolgan. Uyiga yetib kelmagan maktab o‘quvchisini qarindoshlari hamda mahalla aholisi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tun davomida izlashgan. Ertalab esa uning jasadi bolalar bog‘chasi yaqinidagi yo‘l bo‘yidan topilgan.
O‘zbekistonlik 38 yoshli ayblanuvchi Qozog‘iston Jinoyat kodeksining “qotillik”, “zo‘rlash” va “jinsiy zo‘ravonlik harakatlari” moddalari bilan aybdor deb topilgan holda unga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!