$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

O‘zbekiston – Fransiya qo‘shma universiteti tashkil etiladi

11:55 / 20.02.2023

Toshkent va Parij O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma universitetini tashkil etish hamda Samarqand shahrida “Fransiya alyansi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari Oybek Shaxavdinov Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Kontinental Yevropa departamenti direktorining o‘rinbosari Silven Giyoge bilan videomuloqot qilib, muzokaralar o‘tkazgan.

Uchrashuv chog‘ida Fransiyaga oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlar, jumladan, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar joriy yil aprel oyida tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi Fransiya fuqarolari vazirining O‘zbekistonga tashrifini, shuningdek, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishini, shuningdek, Fransiyaning “Medef” korxonasi ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishga qaror qilingan.

Ta’lim sohasida, xususan, O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma universitetini tashkil etish hamda Samarqand shahrida “Fransiya alyansi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Onlayn uchrashuvda O‘zbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi elchisi Sardor Rustamboyev va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez ham ishtirok etgan.


Bu ham qiziq

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘ris…
10:47 / 12.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!