$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

O'zbekiston Malayziya sayyohlari uchun eng yaxshi yo'nalishlardan biriga aylanishi mumkin

19:24 / 14.10.2022

O'zbekiston Malayziya sayyohlari uchun eng yaxshi yo'nalishlardan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ma'lum qildi.

Turizm va madaniy meros vazirligi Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi hamda Buxoro viloyati hokimligi rahbariyatidan iborat delegatsiya Malayziyaga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ziyorat turizmi va xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasidagi topshiriqlariga binoan amalga oshirildi.

Tashrif doirasida O‘zbekistonning Malayziyadagi ziyorat turizmi elchisi, Malayziyaning Perlis shahri muftiysi Mohd Asriy bin Zaynul Abidin, Malayziya Islom sanʼati muzeyi rahbariyati, Kuala-Lumpur shahridagi “Imom Buxoriy” nomli jomeʼ masjidi rahbariyati, Kuala-Lumpur aeroporti rahbariyati va “Alfa group” boshqaruv rahbariyati, Malayziya turistik kompaniyalar assotsiatsiyasi — MАTTА rahbari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun mamlakatlar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini yo‘lga qo‘yish va narxlarni muqobillashtirish kerakligi alohida taʼkidlandi.



“Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida o‘zbek aviakompaniyalari reyslarining tez-tez yo‘lga qo‘yilishi, shubhasiz, davlatlar o‘rtasidagi turistik aloqalarning rivojlanishiga yordam beradi", – dedi Malayziyaning Perlis shahri muftiysi Mohd Asriy bin Zaynul Abidin.

Uchrashuv natijasida 2023–2024-yillarda Kuala-Lumpurdagi Islom sanʼati muzeyida “O‘zbekiston – Islom madaniyati markazi” mavzusida ekspozitsiyani tashkil etish (Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorlikda), 2023–2024-o‘quv yilida Al-Buxoriy xalqaro universitetida bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish uchun O‘zbekistonning kam taʼminlangan oilalaridan iqtidorli talabalarga taʼlim grantlari ajratish, Malayziyaning Kuala-Lumpur aeroporti va Buxoro xalqaro aeroporti o‘rtasidagi hamkorlik va boshqa muhim masalalar borasida kelishuvlarga erishildi. Bu kelishuvlarni yanada mustahkamlash uchun esa malayziyalik turizm sektori vakillari joriy yilning 1–7-noyabr kunlari Samarqand, Buxoro, Toshkent va Xivada bo‘lib o‘tadigan "Ziyorat turizmi" forumi hamda 30-noyabr – 1-dekabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro turizm yarmarkasiga taklif etildi.

Malayziyadagi butunjahon so‘fiylar markazi rahbari Said Аbdul Karim Kuala-Lumpur, Jakarta, Dakka, Karachi, Dehli shaharlaridan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, har yili minglab sayyohlarning O‘zbekistonga sayohatlarini tashkil etish imkoniyati mavjudligini bildirdi.

Kuala-Lumpurdagi muzokaralar natijasida shuningdek, 2023-yil bahor oylarida Buxoroda «Naqshbandiya» festivalini o‘tkazishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, malayziyalik ziyoratchilarning "Umra+" dasturi orqali Buxoroga sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha charter reyslarni amalga oshirishga doir takliflar ilgari surildi.


Bu ham qiziq

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!