$
11847.16 UZS
52.28
141.44 UZS
2.77
13843.41 UZS
157.81
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 15 mln dollar qarz oladi

14:39 / 15.05.2023

Osiyo taraqqiyot banki va “Indorama Agro” MCHJ xorijiy korxonasi O‘zbekiston uchun 15 mln AQSH dollarlik qarz kelishuvi imzoladi. Qayd etilishicha, ushbu mablag' O'zbekistonda fermerlarining daromad manbalarini yaxshilash, ularning iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish va COVID-19 pandemiyasidan so‘ng davom etayotgan tiklanishni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.

Shuningdek, qarz paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlarga avanslarni moliyalashtirish, 3600 dan ortiq fermer va qishloq xo‘jaligi ishchilari manfaati uchun, shuningdek, ularning iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish va barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini ilgari surish uchun bevosita agrotexnik yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Moliyalashtirish barqaror rivojlanishga bog‘liq qarz (BRBQ) sifatida tuzilgan va unda fermerlarni "Better Cotton Initiative" (BCI) tamoyillariga o‘rgatish va zararkunandalarga qarshi kurashishning kompleks amaliyotni takomillashtirish bilan bog‘liq samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari nazarda tutilgan. BCI tamoyillari agrokimyoviy moddalarga qaramlikni kamaytirish, suv resurslarini va yer resurslarini samarali boshqarish va bioxilma-xillikni ta’minlash maqsadida zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik vositalarini afzal ko‘rishni, shuningdek xalqaro mehnat, gender va ijtimoiy himoya standartlarini ilgari surishni o‘z ichiga oladi. Barcha BRBQ maqsadlarini mustaqil tomon baholaydi.

O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligida qariyb 3,7 million kishi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, u mamlakatdagi eng yirik ish o‘rinlar manbai hisoblanadi. Bunda paxta va bug‘doy yetakchi o‘rinni egallaydi. 2021-yilda qariyb 580 ming tonna paxta yetishtirilib, O‘zbekiston jahonda sakkizinchi o‘rinni egalladi

OTB uchun oziq-ovqat xavfsizligi ustuvor masala bo‘lib hisoblanadi. Mintaqadagi fermerlar va agrobiznesni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash ushbu tashabbusning asosiy jihati. Bunda xususiy sektorga OTB tomonidan 3,5 milliard AQSH dollari va birgalikda moliyashtirish shaklida 5 milliard AQSH dollari taqdim etilishi kutilmoqda. 

"Indorama Corporation" Singapurda joylashgan Osiyodagi yetakchi kimyoviy xoldinglardan biridir. "Indorama Corporation"ning to‘qqiz mamlakatda azotli o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlar, poliyetilen, polipropilen, poliyester, to‘qimachilik, paxta tolasi va tibbiy qo‘lqoplar kabi turli xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan 31 dan ortiq ishlab chiqarish maydonlari mavjud. 

Indorama - Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika mamlakatlaridagi eng yirik o‘g‘it ishlab chiqaruvchi, Gʻarbiy Afrikadagi eng yirik poliolefin ishlab chiqaruvchi va dunyodagi uchinchi yirik sintetik qo‘lqop ishlab chiqaruvchisidir. Bundan tashqari Indorama paxta va sintetik iplarning integrasiyalashgan ishlab chiqaruvchisi bo‘lib hisoblanadi. "Indorama Corporation"da butun dunyo bo‘ylab 22 000 dan ortiq kishi ishlaydi.


Bu ham qiziq

19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:19 / 18.08.2026
Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

AQShda mashhur ijodkorlarning yangi albomlari taqdim etilgan kunlarda o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari soni…
11:40 / 19.08.2026
Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p…
11:40 / 22.08.2026
Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida kannabis moyi va psixofaol qo‘ziqorinlar aniqlandi
09:40 / 19.08.2026
Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida oilaviy tadbir vaqtida uyning bir qismi qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 17 k…
09:54 / 19.08.2026
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
09:14 / 18.08.2026
Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulangan 51 y…
09:48 / 19.08.2026
“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi aks etgan video keng ta…
14:22 / 18.08.2026
Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
12:47 / 22.08.2026
YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

2026-yil 17-avgust kuni soat 01:10 larda Andijon shahri Mashrab ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan On…
09:36 / 18.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!