Yaşnobod tumani hokimligi mahalla raisi tadbirkordan bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ dollari olayotganida qölga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Hokimlik ma’lumotiga köra, mahalla raisiga nisbatan jinoyat işi qözğatilmagan va u hozirda xizmat faoliyatini davom ettirmoqda.
Qayd etilişiça, 5-avgust kuni Uçtepa tumani huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan Yaşnobod tumanidagi Mohirlar mahallasi raisiga nisbatan suriştiruv işlari olib borilgan.
Tekşiruv davomida bahsli joy davlat mulki emasligi, balki Yaşnobod tumanidagi savdo majmuasining ikkinçi qavatida joylaşgani va mahalla raisining otasiga mulk huquqi asosida tegişli ekani aniqlangan. Bu holat rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan.
Hokimlikning bildirişiça, tekşiruvda jinoyat alomatlari tasdiqlanmagan. Şu sababli jinoyat işi qözğatilmagan va heç kim javobgarlikka tortilmagan.
Şuningdek, hokimlik ijtimoiy tarmoqlar vakillarini voqea tafsilotlarini töliq örganmasdan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka çaqirgan hamda yolğon axborot tarqatiş uçun qonunçilikda javobgarlik belgilanganini eslatgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!