2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki Bangladesh fuqarosi qatl etildi.
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qatl etilganlar Nazerul Islom Abdul Basir va Siti Akhtar ismli fuqarolar bo‘lgan. Tergovdan so‘ng ularning ishi sudga oshirilgan. Sud ayblovlarni asosli deb topib, ularga o‘lim jazosini tayinlagan.
Hukm yuqori vakolatli organ tomonidan tasdiqlanib, qirollik buyrug‘i asosida ijro etilgan.
Saudiya Arabistoni rasmiylari hodisa aynan qaysi masjidda yuz bergani va ayblanuvchilar qanday harakat sodir etganini batafsil ochiqlamagan.
2026-yil 15–16-oktyabr kunlari Bangladesh ommaviy axborot vositalari mamlakatning Jiddadagi bosh konsulligi qatl haqida oldindan xabardor qilinmaganini ma’lum qildi. Konsullik Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot va izoh so‘ragan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!