Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Andijon viloyatida mahkumdan noqonuniy yo‘l orqali pul undirmoqchi bo‘lgan probatsiya xizmati inspektori ishdan olindi. Qayd etilishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori mahkum ayol bilan moddiy manfaatga qaratilgan noo‘rin munosabatga kirishib, ayolga ikki oydan beri go‘yoki o‘zining hisobidan firmaga 800 ming so‘m pul to‘laganini vaj qilib, 1 million 600 ming so‘m talab qilgan.
Holat yuzasidan ayol Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlariga murojaat yo‘llagan.
Viloyat Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda probatsiya nazorati guruhi inspektorining yuqoridagi noo‘rin xatti-harakatlari muhokama qilinib, xodim yig‘ilish zalidan olib chiqib ketilgan.
Inspektor o‘z xohishi bilan ichki ishlar organlari tizimidan bo‘shagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!