O‘zbekiston bozorida oltin quymalar narxi sezilarli darajada ko‘tarildi. Hozirda 1 gramm oltin qiymati 2 mln so‘mga yetgan. 2026-yil boshidan buyon oltin narxining oshishi qariyb 16 foizni tashkil etmoqda.
Jahon bozorida ham oltin bahosi yuqori sur’atlarda qimmatlab, 1 unsiyasi uchun 5100 dollarga yaqinlashdi. Markaziy bank o‘lchovli oltin quymalarining narxlarini xalqaro bozor konyunkturasidan kelib chiqib muntazam yangilab boradi.
26-yanvar kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining narxi 10 mln 36 ming so‘mni tashkil etdi. Ayni paytda oltin quymalari 1 gramm uchun 2 mln 7 ming so‘mdan baholanmoqda.
Oltin quymalarining narxlari kun davomida Markaziy bank tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi va shu sababli ular doimiy ravishda o‘zgarib boradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!