O‘zbekistonda shaxsga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlari 4 yilda 140 foizga ortdi. Bu haqda bugun, 10-oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi.
Agentlikka ko‘ra, 2020-yilning mos davrida 311 nafar shaxs zo‘ravonlikka uchragan bo‘lsa, 2021-yilning avgust oyigacha 565 nafar fuqaro zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan.
2022-yilning 8 oyida zo‘ravonlik holatlari 2021-yilga nisbatan qisman yaxshilangan bo‘lib, 511 nafarni tashkil qiladi. Ammo joriy 2023-yilning 8 oyida zo‘ravonlikka uchragan shaxslar soni keskin oshib ketgan – 747 nafar.
Ularning eng ko‘p ulushi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka to‘g‘ri kelib, 51 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, zo‘ravonlikning 45 foizi badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish bilan tugagan. Bunday jinoyatlarning 4 foizi qiynash, jinsiy tajovuz va boshqa ko‘rinishda bo‘lib, zo‘ravonlikka uchraganlarning 12 foizi erkaklar, 88 foizi esa ayollardir.
“Ammo ayollar odatda o‘zining zo‘ravonlikka uchraganini yig‘lab va aytib bildirsa, ekraklar ichiga yutadi. Ularga bolalikdan erkak yig‘lamaydi, u chidashi kerak deb uqtiramiz. Shu sababli ularning statistikasi ko‘proq bo‘lishi mumkin”, dedi Laylo Fayzimurodova Bosh prokuraturaning Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!