O‘zbekiston Statistika agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonga o‘tgan 8 oyda qariyb 2,6 million dona mobil telefon import qilingan.
Agentlikning 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil etgan.
Demak, har bir oilaga 3,5 tadan telefon to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarda quyidagicha bo‘lgan:
2010-yilda — 145 ta;
2015-yilda — 234 ta;
2020-yilda — 287 ta.
O‘zbekistonga joriy yilning so‘nggi 8 oyida qiymati 236 million 200 ming dollarga teng bo‘lgan qariyb 2,6 million dona mobil telefon import qilingan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 318 ming 579 taga oshgan.
Eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 2,1 mln dona;
Vyetnam – 405,5 ming dona;
Hindiston – 70,3 ming dona;
Gonkong – 27,1 ming dona;
BAA – 3,4 ming dona.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!