$
12855.93 UZS
11.93
128.16 UZS
-0.14
13570.72 UZS
20.3
12° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni qayta ishlash taqdimoti bilan tanishdi

16:05 / 21.10.2024

– “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri. Yer-suvlarimizning yaroqliligi ham, aholi salomatligi ham, havo tozaligi-yu energetika barqarorligi ham shu sohaga bog‘liq. Chiqindilar to‘g‘ri to‘planib, ko‘proq qayta ishlansa, ekologik muvozanat yaxshilanadi, tabiat toza bo‘ladi, jamiyat o‘zgaradi”, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda yiliga 14 million tonna chiqindilar hosil bo‘ladi. Lekin ularning atigi 4-5 foizi qayta ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi.

Chiqindilarni qayta ishlash orqali ham uning tabiatga ta’sirini kamaytirish, ham foyda olish mumkin. Shu maqsadda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xorijiy investorlar bilan hamkorlikda qator loyihalar ishlab chiqilgan. Qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilgan.

Masalan, Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasining 350 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasi hisobidan Andijon va Toshkent viloyatlarida 2 ta zavod barpo etiladi. Ularda kuniga 4 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 630 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Bu sohaga Xitoyning boshqa bir kompaniyasi – “Shanghai SUS Environment” ham qiziqish bildirgan. U 310 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritib, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 2 ta zavod qurishni rejalashtirgan. Ularda kuniga 3 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 480 million kilovatt soat elektr energiyasi olinadi.

Birlashgan Arab Amirliklarining “Tadweer Group” kompaniyasining 200 million dollar mablag‘i evaziga Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun bitta zavod quriladi. Und kuniga 1 ming 500 tonna chiqindini qayta ishlash va yiliga 363 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati yaratiladi.

Koreya Respublikasining “Sejin” kompaniyasi ishtirokidagi loyiha ham juda muhim. Unga ko‘ra, 55 million dollar evaziga Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida hosil bo‘ladigan gazdan muqobil elektr energiyasi olish yo‘lga qo‘yiladi. Uning quvvati 16 megavatt bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Umuman, loyihalar natijasida qattiq maishiy chiqindilardan oqilona foydalanish ta’minlanadi. Yiliga 4,7 million tonnadan ortiq chiqindi yoqilib, 2 milliard 100 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 97 million AQSH dollari qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi. Shuningdek, bular orqali 152 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi hamda 2,4 million tonna issiqxona gazlari kamayadi. 1 ming 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Loyihalar 2025-2027-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Barcha hududlarda bunday loyihalarni ko‘paytirish va mutanosib rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston R…
17:23 / 21.11.2024

														
														Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024

														
														Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024

														
														Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024

														
														Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024

														
														21-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 6-8, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 20.11.2024

														
														Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston milliy stendi xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion ishlanmalar va yuqori sifatli mahsulotlarni taqd…
20:52 / 20.11.2024

														
														Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
18:18 / 20.11.2024

														
														“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

Ilova “Avto24” deb nomlanadi.
16:58 / 20.11.2024

Bu ham qiziq

Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda

Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda

Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bil…
11:07 / 20.11.2024
Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024
2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024
Isroil falastinlik bolalarni qamoqxonalarda saqlamoqda

Isroil falastinlik bolalarni qamoqxonalarda saqlamoqda

Falastin asirlari ishlari bo‘yicha komissiyasi Isroil qamoqxonalarida 270 nafar falastinlik bolaning qo‘lga olingani haqidag…
09:08 / 21.11.2024
Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Majlisda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat i…
11:50 / 20.11.2024
Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi

Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi

Qayd etilishicha, bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilgan.
09:39 / 20.11.2024
Chilonzorda Zeekr va Onix to‘qnashib ketdi

Chilonzorda Zeekr va Onix to‘qnashib ketdi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.
10:24 / 20.11.2024
Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
13:43 / 20.11.2024
JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik…
10:42 / 20.11.2024
Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!