O‘zbekistonda keyingi 5 yilda 30 ming kilometr tuproq yo‘llar ta’mirlanadi. Bu haqida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasida so‘z boradi.
Loyihaga ko‘ra, 2022-yilning iyun oyiga qadar keyingi 5 yilda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish Dasturi ishlab chiqiladi. Bunda:
- umumiy uzunligi 57,8 ming kilometr avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash;
- 30 ming kilometrdan ziyod tuproq yo‘llarni ta’mirlab, qattiq va shag‘al qoplamali yo‘llarga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
- tuproq yo‘llarni qattiq qoplamali yo‘llarga o‘tkazish bo‘yicha namunaviy loyiha-smeta hujjatlarining andozasini ishlab chiqish;
- respublikadagi mavjud 1512 ta ta’mirtalab ko‘priklar va boshqa sun’iy inshootlarini bosqichma-bosqich qayta qurish va ta’mirlash;
- sementobeton qoplamali yo‘llarni rivojlantirish;
- Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, xususan Nukus – Qo‘ng‘irot – Beyneu yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lini;
- yangi transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, xususan “Uchquduq – Qizilorda” yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘lagini barpo qilish;
- davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida istiqbolli pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etish hamda texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish tadbirlari nazarda tutiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!