$
12930.11 UZS
-11.9
120.94 UZS
3.82
13390.42 UZS
48.5
Kechasi -6°

O‘zbekistonda noyob operatsiya amalga oshirildi

09:00 / 05.11.2022

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bir vaqtning o‘zida yurak koronar-shuntlash va buyrak transplantasiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu milliy xirurgiya tarixidagi ilk noyob operasiya o‘zbek kardiojarroh va transplantologlari tomonidan mustaqil bajarilgan.

Bemor D.Gʻoyibov 47 yoshda. Yuqori qon bosimi, bosh og‘rig‘i, ko‘z xiralashishi va doimiy charchoq kabi asoratlardan aziyat chekib, o‘zida surunkali buyrak yetishmovchiligi borligidan xabar topadi va dializ muolajalarini ola boshlaydi.

Qolaversa, u ko‘p yillardan beri qandli diabet, gipertoniya kasalligi sabab kardiolog va endokrinolog nazoratida ham turgan. Bularning barchasi uning ahvolini yanada og‘irlashtirgan.

Natijada joriy yilning sentyabr oyida Xirurgiya markaziga buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha murojaat qiladi. Bemorga o‘z qizi Z.Gʻoyibova donorlik qiladigan bo‘ldi.

“Buyrak transplantasiyasi juda uzoq vaqt davom etishi sababli buni xastaning yuragi ko‘tara olmasligi mumkin edi. Chunki tekshiruvlar davomida bemor yuragining uchta joyida jiddiy muammo aniqlandi. Operasiya davomida yurak tanaga qon yetkazib bera olmasdan, infarkt yuzaga kelishi xavfi bor edi. Shuning uchun ham rejalashtirilgan amaliyot ikki bosqichda o‘tishi belgilandi”, – dedi markazning bo‘lim mudiri, professor Fazliddin Bahriddinov.

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda yurakda koronar-shuntlash amaliyoti bajarilib, unga parallel ravishda buyrak ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilingan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday murakkab amaliyot dunyo bo‘yicha yiliga atigi 5-10 marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston hududida esa hali bunday operasiya bajarilmagan. Xirurgiya markazida tashkil etilgan komissiya a’zolarining ruxsati bilan boshlangan ushbu yuqori texnologik noyob muolaja muvaffaqiyatli yakunlangan.

Hozir bemor va donorning ahvoli yaxshi, ularni tibbiy standartlar bo‘yicha davolash jarayoni davom ettirilmoqda.


Bu ham qiziq

Yana bir aviakompaniya Sochi va Qozonga parvozlarni to‘xtatdi

Yana bir aviakompaniya Sochi va Qozonga parvozlarni to‘xtatdi

Azerbaijan Airlines halokatidan so‘ng dunyoning ko‘plab aviakompaniyalari Rossiyaga reyslarni bekor qilmoqda.
11:54 / 06.01.2025
Magistraturadagi ayrim talabalarga ta’lim krediti berilmaydi

Magistraturadagi ayrim talabalarga ta’lim krediti berilmaydi

Endilikda davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan talabalarga ta’lim krediti berilmaydi.
10:03 / 06.01.2025
Surxondaryoda o‘quvchilar sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilinganligi aniqlandi

Surxondaryoda o‘quvchilar sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilinganligi aniqlandi

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
17:01 / 06.01.2025
1-fevraldan temir yo‘l chipta narxlari oshiriladi

1-fevraldan temir yo‘l chipta narxlari oshiriladi

Biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tez yurar yo‘lovchi poyezdlar “…
09:07 / 06.01.2025
Buxorolik yosh kriptotreyderga qarshi jinoiy ish yopildi

Buxorolik yosh kriptotreyderga qarshi jinoiy ish yopildi

Buxorolik 17 yoshli kriptotreyder Murodjon Zuvurovga nisbatan jinoiy ish yopildi. Huquqni muhofaza qilish organlari ayblanuv…
20:00 / 05.01.2025
XAMAS Isroil bilan sulh tuzilsa 34 nafar mahbusni ozod qiladi

XAMAS Isroil bilan sulh tuzilsa 34 nafar mahbusni ozod qiladi

“XAMAS G‘azo sektorida garovga olinganlar ro‘yxatini Isroil bilan anklavda sulh bitimi doirasida almashishni ma’qulladi”, – …
12:19 / 06.01.2025
Messi AQShda Prezidentning Ozodlik medalini topshirish marosimiga kelmadi

Messi AQShda Prezidentning Ozodlik medalini topshirish marosimiga kelmadi

Amerikaning “Inter Mayami” jamoasi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 4-yanvar kuni oq uyda bo‘lib o‘tgan Pr…
19:06 / 05.01.2025
Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabar asossiz – SSV

Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabar asossiz – SSV

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
15:37 / 06.01.2025
2024-yil O‘zbekistonda qancha avtobus ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

2024-yil O‘zbekistonda qancha avtobus ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi 2024-yilda qancha avtobus ishlab chiqarilganini haqida ma’lumot berdi.
21:18 / 05.01.2025
O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
18:38 / 06.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!