2025-yilda O‘zbekiston ko‘chalarida yana 700 ta yangi avtobus, shu jumladan 200 ta elektr avtobus paydo bo‘ladi.
Bu jamoat transporti sonini sezilarli darajada oshiradi. Agar rejalar amalga oshishda davom etsa, 2030-yilga kelib, O‘zbekistonda 5000 ta zamonaviy avtobus va 2000 ta elektr avtobus bo‘ladi.
2017-yildan beri O‘zbekiston elektr avtobuslari va ekologik toza transport vositalari sonini faol ravishda oshirmoqda. 2019-yilda mamlakatga 89 ta yangi avtobus keldi va 2023-yilda ularning soni 10 baravar ko‘paydi.
Yashil transport infratuzilmasini shakllantirish doirasida 2024-yildan boshlab viloyatlardagi tadbirkorlar 344 ta tabiiy gaz bilan ishlaydigan avtobus va 47-ta elektr avtobus sotib olishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!