Buxorolik 17 yoshli kriptotreyder Murodjon Zuvurovga nisbatan jinoiy ish yopildi. Huquqni muhofaza qilish organlari ayblanuvchining pushaymonligini va qilmishning past ijtimoiy xavfini hisobga oldi.
Tergovchi kripto aktivlarining noqonuniy aylanishi to‘g‘risidagi jinoiy ishni yopdi va tintuv paytida musodara qilingan iPhone 15 Pro Max’ni yigitga qaytarib berdi.
Murodjon Zuvurov dekabr oyining o‘rtalarida hibsga olingan. Yigit Binance birjasi orqali kripto valyutasini noqonuniy ravishda sotgan. Ish qo‘zg‘atilgan paytda uning operatsiyalari aylanmasi 34 mlrd so‘mdan oshgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!